
Foto: Max planck institute for radio astronomy
Tarixda birinchi bor qora tuynukning soyasini suratga tushirib, ommaga e’lon qilgan Event Horizon Telescope loyihasi olimlari ilm-fan sohasidagi eng nufuzli Breakthrough Prize mukofotini fundamental fizika yo‘nalishida qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi «RIA Novosti»ga tayanib Daryo nashri.
Event Horizon Telescope loyihasi 2017 yilning aprelidan buyon M87 galaktikasi markazini kuzatib kelayotgan radioteleskoplar tarmog‘i orqali olingan massiv qora tuynukning soyasi tasvirlangan birinchi suratni e’lon qilgandi.
«Doulman Garvard-Smitson astrofizika markazi qoshidagi mazkur loyiha rahbari Shep Doulman butun jamoa nomidan mukofotni qabul qilib oldi», — deyiladi xabarda.
Qiymati 3 million dollar bo‘lgan pul mukofoti loyihaning 347 nafar ishtirokchisi o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Event Horizon Telescope loyihasi dunyoning turli nuqtalaridagi bir nechta radioteleskoplarni o‘zida birlashtiradi. 2017 yilda tarmoq sakkizta apparatdan iborat edi va sekin-asta ularning soni ko‘payib bormoqda.
Breakthrough Prize mukofoti 2013 yili Google kompaniyasi asoschisi Sergey Brin, Facebook asoschisi va direktori Mark Sukerberg, Alibaba direktorlar kengashi raisi Jek Ma hamda Digital Sky Technologies va Mail.ru egasi Yuriy Milner tomonidan joriy etilgan.
Event Horizon TelescopeQora TuynukBreakthrough PrizeFundamental FizikaM87 GalaktikasiShep Doulman O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar