Kecha Eronda Isroilning «josusi» qatl etildi

Kecha Eronda Isroilning «josusi» qatl etildi
Qisqacha

Eron hukumati Mossad uchun ma'lumot to'plagan Bahman Choubi-Aslni 29 sentyabr kuni qatl etdi. Sud hujjatlariga ko'ra, u davlat muassasalari va ma'lumot markazlariga kirgan, elektron uskunalar importi yo'nalishini aniqlagan hamda zararli operatsiyalarni amalga oshirgan. Eron Oliy sudi uning shikoyatini rad etib, “yer yuzidagi buzg'unchilik” moddasi bo'yicha chiqarilgan o'lim jazosini kuchda qoldirgan.

Eron hukumati Isroil razvedkasi – Mossad uchun ma’lumot to‘plagan Bahman Choubi-Asl ismli shaxsni 29 sentyabr kuni qatl etdi. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar berdi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Choubi-Asl Isroilning Erondagi eng asosiy josuslaridan biri bo‘lib, davlat muassasalari va ma’lumot markazlariga kirish, elektron uskunalar importi yo‘nalishini aniqlash va turli zararli operatsiyalarni amalga oshirgan.

Eron Oliy sudi uning shikoyatini rad qilib, “yer yuzidagi buzg‘unchilik” (fisod fil-arz) moddasi bo‘yicha chiqarilgan o‘lim jazosini kuchda qoldirgan.

Shuningdek, Eron hukumati 2025 yil boshidan buyon Isroil foydasiga josuslikda ayblangan kamida 10 shaxsning qatl etilganini ma’lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar