
Foto: AP
«Rossiya Brexit atrofidagi g‘ala-g‘ovurlarga aralashgani qay darajada ishonchli yoki ishonchsiz?» degan savolga javob izlaydi The Guardian nashri.
Saylov yaqinlashib kelar ekan, Britaniya kun tartibida bundan-da muhimroq masalani topish amrimahol. Gap turli nayranglar ishlatilishida emas, Boris Jonson «Yevropa Ittifoqidan chiqish – xalq irodasi» degan gapni saylovoldi dasturiga aylantirib olganidadir.
Bosh vazir referendum haqqoniy tarzda – o‘zgalarning ta’siri ostida o‘tkazilayotganiga shubha tug‘dirmasligi kerak. Aks holda Brexit tarafdorlari uni tiriklay g‘ajib tashlaydi. Ustiga-ustak, Brexit Jonsonning yagona ulkan g‘oyasi hamdir. Brexit sodir bo‘lmasa, konservatorlarning Britaniyani isloh qilishdagi buyuk missiyasi qanday ahvolda qoladi? Yoki to‘qqiz yil mobaynida Britaniyani boshqargan partiya mamlakat iqtisodiyotiga yetkazgan zararini kim qoplaydi, degan masala asosiy bo‘lib qoladi. Jeremi Korbin hukumat tepasiga kelishi konservatorlar uchun dahshatli kinoning o‘zi. Brexit’siz jar yoqasiga kelib qolamiz, deb o‘ylaydi ular.
Shunday qaltis vaziyatda Dauning-stritdagi 10-xona mamlakat Brexit’ga qanday yetib kelgani borasidagi ma’ruzani ochiqlashni istamayapti.
Bu ma’ruzadan chiqarilgan xulosani hech kim o‘qiy olmas ekan, xavfsizlik va razvedka qo‘mitasi xulosalari qanday, unda xavotirlanishga sabab bo‘ladigan jihatlar bormi yoki yo‘qmi, hech kim bila olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, mustaqil deputat, sobiq konservator va qo‘mita raisi Dominik Griv saylovchilar bu ma’ruza bilan tanishib chiqishi kerak deb bayonot berdi. Yodda tutish lozim, maxsus xizmatlar faoliyatidan xabardor bu qo‘mitaning qoidasi o‘zi haqida hech narsani gapirmaslikdir.
Bu ishning shubhali jihatlari bisyor. Negaki Brexit tarafdorlarining haddan ziyod ko‘p xarajatlari va mansabidan ketayotgan Jan Klod Yunkerning (Yevropa Ittifoqi raisi) Boris Jonson va uning tarafdorlarini yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblashi ovoz beruvchi britaniyaliklarga ta’sir qildimi, yo‘qmi, bilib bo‘lmaydi. Xavfsizlik va razvedka qo‘mitasi Britaniyani Brexit’ga olib kelgan barcha tafsilotlarga aniqlik kiritib berishi kerak edi.
Ma’ruza xulosalarini saylov o‘tguncha yashirish xavfli tus olishi mumkin, chunki bu jamiyatning demokratiya bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi. Agar ovoz berish natijalari orasidagi farq katta bo‘lmasa, britaniyaliklar saylov natijalarini tan olmasliklari mumkin. Bu esa Britaniya tarixida ilk marta sodir bo‘ladigan hodisadir. Taomilga ko‘ra, Britaniyada saylovchilar saylovdan keyin xafa bo‘lib, keyin tinchib ketadi. Mag‘lubiyatga uchraganlar buni e’tirof etishi, g‘alaba quchganlar mamlakatni barchaning manfaatlari yo‘lida boshqarishga va’da berishi kerak. Lekin hokimiyatni tinchlik va xotirjamlik bilan topshirish demokratiyaga, saylovchilar soflik va adolatga ishonishiga ham bog‘liq. Davlat bu ishonchni toptashi esa aqlsiz siyosatdan boshqa narsa emas.
Britaniya saylov qonunchiligi bugun jiddiy o‘zgarishlarga zarurat sezmoqda. Internetdagi kompaniyalar saylov oldidan yolg‘on ma’lumot tarqalishidan cho‘chimoqda. Twitter siyosiy reklamani taqiqlab qo‘ydi, Facebook tarqatilayotgan ma’lumot ortida kimlar turganini aniqlash borasida shaffoflik bo‘lishini talab qilmoqda.
Vakillar palatasining madaniyat, OAV va sport bo‘yicha qo‘mitasi fevral oyidagi majlislaridan birida dezinformatsiya haqida ma’ruza e’lon qildi va saylov qonunchiligi bugungi kun talabiga mos kelmay qolgani-yu, uni jiddiy isloh qilish borasida bayonot bilan chiqdi. Amalda esa Britaniya parlamentini muddatidan oldin saylovlar kutib turibdi, saylov qonunchiligi bilan shug‘ullanish uchun vaqt topilmayapti. Orada esa ma’ruzani jamoatchilikdan bekitishmoqda, bosh vazir esa o‘zi xizmat qilib erishmagan omonatga orqa qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar