21:14 / 25.01.2020
2 005

Britaniya Yevropa Ittifoqini Afrika sammitiga almashtirdi

Britaniya Yevropa Ittifoqini Afrika sammitiga almashtirdi
Foto: Global Research
Bosh vazirligi davrida obro‘sini yo‘qotishga ulgurgan britaniyalik siyosatchi Toni Bler ilk marotaba o‘tkazilgan Buyuk Britaniya – Afrika investitsion sammitini ishtiyoq bilan kutib oldi. Balandparvoz rejalar haqida gapirar ekan, sobiq bosh vazir «o‘zini insoniyatning eng muhim muammolarini hal qila oladigandek his qildi shekilli», deb yozadi The Guardian nashri.

Tantanavor nutqida janob Bler xilma-xil va tarqoq muammolarni, shu jumladan Afrikada samarali boshqaruv tizimini yaratish va qashshoqlikni tugatish masalalarini ko‘tardi.

Aslida esa uning chiqishi «yordam emas, savdo» g‘oyasiga amal qiladigan Boris Jonsonning qarashlaridan deyarli farq qilmadi. Yaqinda Buyuk Britaniya – Afrika sammitini o‘tkazgan Jonson Britaniyaning Afrikaga yordami mamlakatning siyosiy va savdo manfaatlariga xizmat qilishi haqida gapirgan edi. Toni Bler ham Buyuk Britaniya uchun nima yaxshi bo‘lsa, Afrika uchun ham yaxshi degan fikrda.

Bler Afrikada ta’sir doirasi uchun kurashning yangi bosqichi boshlanganini tan olmoqda. Ammo Bler Britaniyaning yutuqlarini orzu qilar ekan, Afrikada milliardlab pul sarflayotgan Xitoyni hamda shu maqsadda harbiy yordam va yollanma askarlaridan foydalanayotgan Rossiyani nazardan qochirmoqda.

Bler Afrika rahbarlari bilan shaxsiy munosabati yaxshiligiga urg‘u bermoqda. Bu qanchalik yaqin aloqalar?

Afrikada qashshoqlikni tugatadigan «to‘rtinchi sanoat inqilobi» g‘oyasi – yosh va tez ko‘payib borayotgan ishchi kuchiga tayanib qit’a mamlakatlari Sharqiy Osiyo «yo‘lbarslari» singari tez rivojlanishi ta’minlashi mumkin ekan. Ammo prognozlar Afrikada buning uddasidan chiqish qiyinligini ko‘rsatmoqda. Chunki Afrikada mahsulot ishlab chiqarish tannarxi favqulodda yuqori, mahsulot yetkazib berish zanjiri o‘ta sust ishlaydi.

Bundan tashqari, Afrikada ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va avtomatlashtirishni joriy qilishning imkoni yo‘q. Afrikadan iqtisodiy mo‘’jiza kutish mumkin emas. Bu Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqach, Afrikadan katta foyda ko‘radi degan taxminlarni yo‘qqa chiqaradi.

Xitoy Afrikaga kiritayotgan mablag‘ Afrika oyoqqa turishiga emas, uni yangi qarz botqog‘iga botirishga qaratilgan. Afrika davlatlari qarzlarni to‘lashda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Bler Efiopiya qo‘lga kiritayotgani haqida og‘iz to‘ldirib gapirar ekan, Jahon banki va xalqaro valyuta jamg‘armasi bu davlatning qarzdorlik hajmi xavfli darajaga yetganidan tashvish bildirmoqda.

Bu tashkilotlar taxminlariga ko‘ra, Afrika qit’asi mamlakatlari 2030 yilda ham qashshoqlikni tugata olmaydi. Raqamlar, misol uchun, Afrikaning eng rivojlangan mamlakati – Janubiy Afrika Respublikasi 2019 yilda bor-yo‘g‘i 0,7 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2020 yilda bu 1,1 foizga o‘sishini ko‘rsatmoqda.

Shunday ekan, voqelikni qanchalik ranglar ortiga bekitishmasin, Buyuk Britaniya va Afrika sammiti Afrika mamlakatlarining samarali boshqarilishi va taraqqiyotiga hech qanday yordam bera olmaydi. Bu Brexit’dan so‘ng Britaniyaning yangi bozorlar topishga urinishi xolos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya Yevropa Ittifoqini Afrika sammitiga almashtirdi