Lamin Yamalning sogʻligi hali ham xavotirli

Lamin Yamalning sogʻligi hali ham xavotirli
Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Lamin Yamalning sogʻligi haqida maʼlumot berdi. 18 yoshli vinger La Liga doirasida boʻlib oʻtgan yakshanba kungi Elchi bilan oʻyinda kataloniyaliklarning birinchi golini urib, jamoasining 3:1 hisobidagi gʻalabasiga hissa qoʻshdi.

"Lamin – intizomli futbolchi, uning holati barqaror, ammo muammo hal boʻlmadi, davolanishni davom ettirish kerak. U belgilangan tavsiyalarga amal qilmoqda, ammo afsuski, u hali ham noqulaylikni his qilmoqda", – dedi Flik oʻyindan keyingi intervyusida.

Maʼlum boʻlishicha, Lamin Yamal hamon chov sohasidagi ogʻriqlardan aziyat chekmoqda va operatsiyadan voz kechmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar