
Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi, "Manchester Siti"dan ijaraga olingan Manuel Akandji o'zining kelajagi borasida fikr bildirdi. "Neradzurri" shveytsariyalik futbolchini mavsum oxirigacha ijara asosida jalb qilgan va shartnoma shartlariga ko'ra, ba'zi sharoitlar bajarilsa, futbolchini to'liq sotib olish imkoniyati mavjud.
"Men "Inter"da qolamanmi? Mavsum oxirida nima bo'lishini ko'ramiz.
Hozircha maydonda bor kuchimni sarflashga harakat qilyapman. Yakuniy qarorni klub qabul qiladi.
O'ylaymanki, "Inter"da mendan mamnun, lekin hali hech narsa hal qilinmagan", – dedi 30 yoshli futbolchi Italiya OAVlariga bergan intervyusida. Ayni damda mish-mishlarga ko'ra, Milan grandining rahbariyati Manuel Akandjini sotib olish niyatida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar