date

Germaniya politsiyasi futbol muxlislarining janjaliga munosabat bildirdi


Germaniya politsiyasi Gelsenkirxenning "Shalke-04" va Dortmundning "Borussiya" klublari muxlislari o'rtasida yuz bergan to'qnashuvni keskin qoraladi. Kicker nashrining xabar berishicha, bu mojaroda taxminan 340 kishi ishtirok etgan, tartibni saqlash jarayonida bir nafar huquqni muhofaza qilish xodimi jarohat olgan.

Politsiya bayonotida qayd etilishicha, "klublar bunday agressiv guruhlardan va alohida shaxslardan masofalanish imkoniyatiga ega. Ular bunday shaxslarga stadionlarga kirishni taqiqlashi va rasmiy tergovga yordam berishi lozim.

Futbol o'yinlari yuzlab xuliganlar sabab xavfli tadbirlarga aylanmasligi kerak." Eslatib o'tamiz, avvalroq Niderlandiya politsiyasi PSV va "Napoli" o'rtasidagi o'yin oldidan 234 kishini hibsga olgani haqida xabar berilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Germaniya politsiyasi futbol muxlislarining janjaliga munosabat bildirdi