
Madridning "Real" klubi himoyachisi Alvaro Karerras jamoadoshi Vinisius Junior haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Braziliyalik hujumchi La Liga doirasidagi 11-tur uchrashuvida "Valensiya"ga qarshi oʻyinda (4:0) penalti amalga oshira olmadi.
"U mening oldimda uzr soʻrashga hojat yoʻq. Men unga ishonaman va uni yaxshi koʻraman.
U oʻziga xos jamoa oʻrtoqi, bizning munosabatlarimiz juda yaxshi va bularning barchasi yopiq eshiklar ortida qoladi", – dedi Karerras Marca nashriga. Joriy mavsumda Vinisius barcha musobaqalarda 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar