Spalletti: "Yuventus"ning gʻalabasi haqida gapirdi

Spalletti: "Yuventus"ning gʻalabasi haqida gapirdi
Italiya chempionati 10-turida "Yuventus" safarda "Kremoneze" jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etdi. Ushbu oʻyindan soʻng "qariya sinora" bosh murabbiyi Luchano Spalletti oʻz fikrlarini bildirdi.

"Jamoa birinchi boʻlimning aksar qismini yaxshi oʻtkazdi. Gol urish uchun yetarli imkoniyatlarga ega boʻldik, ammo ulardan foydalanish ustida ishlashimiz kerak.

Jamoada katta salohiyat bor", – dedi italiyalik mutaxassis klub matbuot xizmatiga. Mazkur gʻalabadan soʻng "Yuventus" hisobiga 18 ochko qoʻshib, A Seriya turnir jadvalida beshinchi oʻrinni egalladi.

Spallettining shogirdlari peshqadam "Napoli"dan toʻrt ochkoga ortda qolmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar