«PLoS Medicine» ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot yangi ma’lumotni isbotladi: agar odamlar muntazam ravishda qo‘llarini yuvib, niqob taqib, ijtimoiy masofa saqlaganida, koronavirus pandemiyasini vaksinasiz (emlashsiz) yengish mumkin edi. Bu haqda Koronavirus Info kanali xabar bermoqda.
Mamlakatlarda karantin cheklovlari fuqarolarning shaxsiy mas’uliyati, har bir insonning kasallik xavfini, jiddiyligini his qilishi bilan uyg‘unlashganida edi, virus tarqalishi pastroq darajada bo‘lar edi. Atipik pnevmoniya (SARS-CoV-2) aholining 90 foizi tez-tez qo‘lini yuvgan va masofa saqlagan mamlakatlarda yuqori darajada epidemiya chaqirmagan.
Mualliflar virus qanday tarqalishi haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish, o‘zini izolyatsiyalash, masofalanish, qo‘lni yuvish va niqob taqish — hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani to‘g‘risida keng ma’lumot berish zarurligini ta’kidlashmoqda.
«Agar biz barchamiz mamlakat bo‘ylab keyingi 4, 6, 8, 12 hafta davomida niqob taqsak, virus tarqalishi to‘xtaydi», — dedi doktor Robert Redfild. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi