Putin Si Szinpinga qo‘l uzatdi, ammo Putin noqulay vaziyatda qoldi (video)

1 daqiqa o'qish6
Putin Si Szinpinga qo‘l uzatdi, ammo Putin noqulay vaziyatda qoldi (video)

Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putinni noqulay vaziyatga solib qo‘ydi. Shenchjen shahrida o‘tayotgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasidagi marosimda Putin unga qo‘l uzatganida, Xitoy rahbari javoban qo‘l berib ko‘rishmadi. Keyin esa suratga tushish vaqtida Rossiya yetakchisini Donald Tramp yonidan chetga yo‘naltirib, rafiqasi Pen Liyuan uchun joy bo‘shatdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Voqea 18 noyabr kuni uch davlat rahbari va boshqa mehmonlar guruh bo‘lib suratga tushishga tayyorlanayotgan vaqtda yuz berdi. Dastlab Donald Tramp Si Szinpin va uning rafiqasi bilan ko‘rishdi. Shundan so‘ng Putin ularga yaqinlashib, qo‘l uzatdi. Videoda Si Szinpin uning bu ishorasiga javob bermagani ko‘rinadi. Keyin Putin Tramp bilan qo‘l berib ko‘rishib, qisqa suhbatlashdi.

Shundan so‘ng suratga tushish uchun joylashish jarayonida Si Szinpin Putinni Tramp yonidan boshqa tomonga yo‘naltirdi va rafiqasi Pen Liyuan uchun joy ochdi. Natijada Putin AQSH va Xitoy rahbarlaridan alohida joyda suratga tushdi.

E’tiborlisi, Si Szinpin sammitga kelgan Donald Trampni Shenchjen aeroportida shaxsan kutib oldi. Bu Xitoy rahbarining xorijiy davlat yetakchisini aeroportda kutib olishi bilan bog‘liq kam uchraydigan diplomatik ishora sifatida baholandi. Putin esa aeroportda Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi a’zosi Say Si tomonidan kutib olingan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?