Qozog‘istonda bir yo‘la to‘rt o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan ayolga uy sovg‘a qilindi!

1 daqiqa o'qish2
Qozog‘istonda bir yo‘la to‘rt o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan ayolga uy sovg‘a qilindi!

Qozog‘istonning Jetisu viloyatida 31 yoshli Almira Bekeyeva bir yo‘la to‘rt nafar o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Oilada avvaldan uch nafar farzand bo‘lgan. Endilikda ular yetti nafar bolaning ota-onasiga aylanishdi. Quvonchli voqea munosabati bilan oilaga Sariozek shaharchasidan uch xonali kvartira sovg‘a qilindi.

Chaqaloqlar 24-sentyabr kuni homiladorlikning 31-haftasida muddatidan oldin tug‘ilgan. Shu sababli shifokorlar kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazgan. O‘g‘il bolalarga Arlan, Arsylan, Alikhan va Amirkhan deb ism qo‘yilgan.

Homiladorlik murakkab kechgani sababli Almira 23-haftadan boshlab shifokorlar nazoratida bo‘lgan. Tug‘ruqdan keyin chaqaloqlar maxsus tibbiy parvarishga muhtoj bo‘lgani uchun oila bir muddat shifoxonada qolgan. Endilikda esa ona va bolalar uyga qaytish imkoniga ega bo‘ldi.

Almiraning aytishicha, bir yo‘la to‘rt nafar farzand kutayotgani haqidagi xabar uning uchun kutilmagan yangilik bo‘lgan. Bu xabar unga katta quvonch bilan birga biroz xavotir ham olib kelgan. Ayniqsa, u katta farzandlarining ukalari bilan ilk uchrashuvini intiqlik bilan kutgan.

“Katta farzandlarimni juda sog‘indim. Ularni bag‘rimga bosishni va ukalari bilan birinchi marta uchrashayotganini ko‘rishni juda istayman”, — deydi Almira.

Oila Jetisu viloyatiga qaytganida mahalliy aholi ularni iliq kutib olgan. Shuningdek, Sariozekdagi zamonaviy turar joy majmuasidan uch xonali kvartiraning kalitlari topshirilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?