AQSH osmonida meduzaga o‘xshash sirli jism paydo bo‘ldi

1 daqiqa o'qish25
AQSH osmonida meduzaga o‘xshash sirli jism paydo bo‘ldi

AQSHning Alyaska shtati Ankorij shahrida osmonda meduzaga o‘xshash, uzun paypaslagichli qoramtir jism paydo bo‘ldi. G‘ayrioddiy manzara 15 iyun kuni tasodifan videoga tushib qolgan.

Sara Jeyn Osborn o‘sha kuni kamalakni suratga olayotgan paytida osmonda harakatlanayotgan noma’lum obyektni ham kameraga muhrlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jism taxminan uch daqiqa davomida ko‘zga tashlanib turgan.

Mazkur video noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar orasida turli taxminlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar uni noma’lum uchuvchi obyekt bilan bog‘lagan bo‘lsa, boshqalar oddiyroq izohlarni ilgari surdi.

Pentagonning sobiq NUJ tadqiqotlari bo‘limi rahbari Shon Kirkpatrikning taxminicha, tasvirda uzun tasmalari bo‘lgan varrak aks etgan bo‘lishi mumkin. Alyaskadagi harbiy baza vakillari ham videodan xabardor ekanini ma’lum qilgan, ammo hodisa yuzasidan batafsil izoh bermagan.

Hozircha osmonda ko‘ringan jismning aynan nima ekani rasman aniqlanmagan. Shu bois noodatiy tasvir atrofidagi jumboq ochiq qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?