23:47 / 29.08.2021
6 190

Aeroporti bo‘lmagan boy davlat

Aeroporti bo‘lmagan boy davlat
Lixtenshteyn knyazligi - Markaziy Yevropaning Alp tog‘larida, Avstriya va Shveysariya o‘rtasida joylashgan nemischa gaplashadigan mikrodavlat. Knyazlik shahzoda boshchiligidagi yarim konstitutsiyaviy monarxiya bo‘lib, shahzodaning vakolatlari yarim prezidentlik tizimidagi prezident vakolatlariga tengdir.

Lixtenshteyn g‘arb va janubda Shveysariya, sharq va shimolda Avstriya bilan chegaradosh. Yevropaning eng kichik to‘rtinchi mamlakati bo‘lgan davlatning umumiy maydoni 160 kvadrat kilometrdan oshadi, 38 ming ziyod aholiga ega. 11 munitsipalitetga bo‘lingan. Poytaxti Vaduts, eng katta munitsipaliteti Shaan. Dunyodagi ikki davlat bilan chegaradosh eng kichik davlat bo‘lgan Lixtenshteyn, O‘zbekiston bilan bir qatorda, dunyodagi ikki karra dengizga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqa olmaydigan ikkita davlatning biridir.

Mamlakat Vaduz shahrida markazlashgan kuchli moliyaviy sektorga ega bo‘lib, bir paytlar milliarderlar uchun soliqlardan panoh sifatida tanilgan.

Lixtenshteyn Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa erkin savdo uyushmasi hamda Yevropa Kengashining a’zosi. Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmasa-da, mamlakat Shengen zonasida ham, Yevropa iqtisodiy zonasida ham ishtirok etadi. Shveysariya bilan bojxona va valyuta ittifoqiga ega. Shveysariya franki – rasmiy pul birligi.

Lixtenshteyn 1699 yili Vaduts yerlarini qo‘lga kiritgan birinchi hukmron oila sharafiga nomlangan. Muqaddas Rim imperiyasi birinchi bo‘lib 1719 yili mamlakatga mustaqillik maqomini bergan. Lixtenshteyn Napoleon va fransuzlar tomonidan bir necha yil davomida bosib olingan. Napoleon 1806 yili Reyn konfederatsiyasini tuzib, Lixtenshteynni a’zolikka qabul qilgan. Shunday qilib, Lixtenshteyn 1806 yildan buyon o‘zini suveren mamlakat deb hisoblab keladi. Muntazam armiyasi yo‘q bo‘lgan Lixtenshteyn har doim betaraflikni saqlab keladi. Mamlakat ikkala jahon urushida ham neytralitetni e’lon qilgan.
  • Lixtenshteyn davlat qarzi deyarli nolga teng bo‘lib, aholi jon boshiga YAIM hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi.
  • Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 13 yil “Ivoclar Vivadent AG” stomatologik kompaniyasi bosh direktori lavozimida ishlagan Kristof Zellerning boyligi 3,1 milliard dollarga teng – Lixtenshteynning 6,2 milliard dollarlik YAIMning yarmi. U, shuningdek, dunyoning yetakchi sun’iy tish ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Uning kompaniyasi har yili 10 000 dan ortiq modellarda 60 mln komplekt sun’iy tish ishlab chiqaradi.
  • Lixtenshteyn AQSHning Los-Anjeles shahridan qariyb sakkiz barobar kichkina.
  • Lixtenshteyn – 100% hududi Alp tog‘larida joylashgan dunyodagi yagona davlat.
  • Lixtenshteyn ishchilarining yarmidan ko‘pi har kuni mamlakatga qo‘shni davlatlardan keladi.
  • Lixtenshteynda aeroport yo‘q. Eng yaqin aeroport Syurixda, Lixtenshteyn poytaxtidan bir yarim soatlik masofada joylashgan./list]
    Lixtenshteyn konstitutsiyasiga ko‘ra, Katolik cherkovi davlat rasmiy dini hisoblanadi. Lixtenshteyn barcha dinlarni himoya qiladi va "odamlarning diniy manfaatlarini" hukumatning ustuvor vazifasi deb biladi. Lixtenshteyn maktablarida, ayrim istisnolarga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, katoliklik yoki protestantizm diniy ta’limi qonuniy ravishda talab qilinadi. Hukumat diniy tashkilotlarni soliqdan ozod qilgan. Pew tadqiqot markazining ma’lumotlariga ko‘ra, Lixtenshteynda diniy adovat tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy ziddiyat juda past darajada.

    2010 yildagi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, aholining 85,8% xristianlar, shulardan 75,9% Vaduts katolik arxiyepiskopligida tashkil etilgan katolik diniga amal qilishadi, 9,6% esa asosan Lixtenshteyn Yevangelist cherkovidagi protestantlar va boshqa nasroniylardir. Eng katta ozchilik din – Islom (aholining 5,4%). Lixtenshteyn musulmonlarining katta qismi sunniylar bo‘lib, asosan Turkiya, Kosovo, Bosniya va Gersegovina hamda Shimoliy Makedoniyadan kelganlardan tashkil topgan.

    2006 yili hukumat musulmonlar jamiyatiga 20,000 AQSH dollari (25,000 shveysariya franki) miqdorida xayriya qilgan. 2001 yildan beri hukumat musulmonlar jamoasiga bir nafar imomning yashash uchun ruxsatnomasini, Ramazon oyida esa qo‘shimcha yana bir imomga qisqa muddatga yashash uchun ruxsatnoma bergan. Hukumat, imomlarga diniy ixtiloflar yoki diniy ekstremizm tarqalishining oldini olish uchun ham Turkiya assotsiatsiyasi, ham Islomiy hamjamiyatning kelishuvi evaziga imomlarga muntazam ravishda viza berish siyosatini yuritadi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, Lixtenshteynda faqat ikkita namozxona-masjid bor: Yashil masjid va Islom Jamiyati masjidi. Ikkala namozxona ham Trisen qishlog‘ida joylashgan.

    arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aeroporti bo‘lmagan boy davlat