Ukrainaning Xarkov shahrida Rossiya qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan havo zarbasi oqibatida kamida olti kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy OAVlar ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Rossiya uchta boshqariladigan bomba otgan, ulardan biri tibbiyot muassasasi yaqinidagi qo‘shimcha binoga tegib ketgan.
Hodisa natijasida yuzdan ziyod bemor joylashgan shifoxona binolarining derazalari va eshiklari shikastlangan, kamida olti kishi shrapnel parchalaridan jarohat olgan.
“Bir qavatli garaj qisman vayron bo‘ldi, uch qavatli tibbiyot muassasasi, biznes binosi va bir nechta avtomobillar zarar ko‘rdi. Ikkita yong‘in yuzaga keldi”, — deb xabar berdi Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar