Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yaqin orada lavozimidan ketish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Makronning iste’foga chiqishini talab qilayotganlar nafaqat muxolifat saflaridan, balki uning o‘z markazchi blokidagi ba’zi siyosiy hamkorlardan ham chiqmoqda. Ammo prezident mamlakatdagi siyosiy inqiroz uchun “murosasiz partiyalar” va “hokimiyat uchun kurashni har narsadan ustun qo‘yayotgan siyosatchilar”ni ayblamoqda.
Makronning ta’kidlashicha, bu holat “1950 yillardan beri Fransiyada kuzatilgan eng jiddiy siyosiy inqiroz” hisoblanadi.
Prezident G‘azodagi tinchlik sammiti doirasida Misrning Sharm-ash-Shayx shahrida so‘zga chiqar ekan, mamlakatdagi ichki beqarorlikdan o‘zini chetga olganini bildirdi.
Endilikda Fransiyadagi siyosiy barqarorlikni tiklash vazifasi Makronning ittifoqchisi — yaqinda qayta tayinlangan bosh vazir Sebasten Lekornyu zimmasiga yuklatilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!