Germaniyaning Dortmund shahridagi mashhur «Rombergpark» botanika bog‘ida joylashgan dunyodagi eng badbo‘y hidli gul — Amorphophallus titanum noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Bog‘ ma’muriyati ma’lum qilishicha, o‘simlik ildizi bilan tuvagidan qazib olingan.
Bu noyob gul “David” deb nomlanib, o‘rtacha 20–30 kilogramm og‘irlikka ega bo‘lgan. Uning gullash davrida chiqaradigan hid insonlar uchun badbo‘y, aynigan go‘shtga o‘xshash bo‘lsa-da, ayrim hasharotlar uchun jozibadir. Gul faqat har bir 3–7 yilda gullaydi va bu holat faqat 2–3 kun davom etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gul 2018 va 2021 yillarda gullaganda botanika bog‘iga minglab odam tashrif buyurgan. Hozirda bog‘ ma’muriyati politsiyaga murojaat qilgan va ushbu o‘g‘irlik bo‘yicha tergov ishlari boshlangan.
"Aynigan go‘sht"dek hid keltiruvchi gul David o‘g‘irlab ketildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar