Jennifer Lopez va Ben Afflek “O‘rgimchak ayol bo‘sasi” filmining premerasida birgalikda ishtirok etib, ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lishdi. Sobiq turmush o‘rtoqlar nafaqat birga kelgan, balki quchoqlashib kameralar oldida suratga ham tushishdi.
Filmda bosh rolni ijro etgan Lopez sahna uchun o‘ziga xos shaklga ega, o‘rgimchak siluetini eslatuvchi gulli, qora tusdagi ko‘ylak kiydi. Ijrochi prodyuser Afflek esa qizil gilamga klassik ko‘k kostyumda chiqdi.
Tomoshabinlar e’tiborini eng ko‘p tortgan jihat — ularning samimiy munosabatlari bo‘ldi. Ben Afflek mehr bilan qo‘lini Jenniferning beliga qo‘yib, unga muhabbat bilan qaragani kuzatildi. Muxlislar orasida turli fikrlar yangradi:
“Ular yana munosabatlariga imkoniyat bermoqchimikan?”, “Bu muhabbat hali so‘nmagan”, “Ular hamisha bir-birlarini sevib qolishadi, shubhasiz”.
Eslatib o‘tamiz, Lopez va Afflekning munosabatlari ilk bor 2001 yilda oshkor bo‘lgan. Ular hatto unashtirilganini e’lon qilishgan, ammo turmush qurishga ulgurishmagan. Oradan yigirma yil o‘tib, juftlik yana yarashib, 2024 yilda turmush qurdi. Biroq, ularning nikohi 2025 yilda rasman bekor qilingan.
Yaqinda GQ jurnaliga bergan intervyusida Ben Afflek Lopez bilan orasida hech qanday kelishmovchilik yo‘qligini ta’kidlab, “Men uni hurmat qilaman va u mening hayotimda muhim shaxs bo‘lib qoladi”, — dedi u.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!