date

Farg‘onada metan quyayotganda Damas mashinasi yonib ketdi

Farg‘onada metan quyayotganda Damas mashinasi yonib ketdi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida joylashgan “Eco Metan” MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in holati yuz berdi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, 13-oktyabr kuni soat 13:51 da metan gaz quyish jarayonida Damas rusumli avtomobilning tashqi qismi yonib ketgan.

Voqea tumaning “Beruniy” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Yong‘in joyida xizmat qilayotgan ishchi xodimlar va boshqa haydovchilar tomonidan birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari yordamida qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmagan. Ayni paytda hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori mutasaddi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada metan quyayotganda Damas mashinasi yonib ketdi