date

Paxta terimida majburiy mehnat uchun 8 mansabdor javobgarlikka tortildi

Paxta terimida majburiy mehnat uchun 8 mansabdor javobgarlikka tortildi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida hokim o‘rinbosari N.Jumayeva tomonidan xotin-qizlar faollariga paxta terimiga odam jalb qilish topshiriq bergani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Mazkur holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan rasman tasdiqlandi va unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi asosida jarima qo‘llandi.

Shuningdek, Buxoro shahridagi Axborot-kutubxona markazi rahbari N.Aminova ham shunday huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygani uchun javobgarlikka tortildi.

Paxta terimi mavsumida majburiy mehnat va bolalar mehnatining oldini olish, mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Davlat mehnat inspeksiyasi doimiy monitoring olib bormoqda.

Bu yilgi mavsumda hozirgacha:

  • 74 ta mehnat qonunchiligi buzilishi aniqlangan,
  • 8 nafar mansabdor shaxsga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilgan,
  • 1400 dan ziyod fuqaroga shartnoma asosida ishga joylashishda ko‘maklashilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda majburiy mehnat har qanday shaklda taqiqlangan va bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan shaxslar qonun oldida javob beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Paxta terimida majburiy mehnat uchun 8 mansabdor javobgarlikka tortildi