“Mototsiklchi qiz” 3 sutkaga qamaldi

2 daqiqa o'qish333
“Mototsiklchi qiz” 3 sutkaga qamaldi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yo‘lda xavfli harakatlar qilib, “kalitga kalit” deb mashinalar bilan poyga uyushtirgan 25 yoshli mototsiklchi qiz ma’muriy tartibda 3 sutkaga qamaldi, deb xabar berdi Qalampir.uz.

Sud hujjatlariga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan I.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir nechta moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. U yo‘l bezoriligi, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik va transport hujjatlarisiz vosita boshqarish kabi huquqbuzarliklarda aybdor deb topilgan.

Natijada sud I.T.ni 3 sutkaga ma’muriy qamoqqa hukm qildi. Shuningdek, unga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida, ya’ni taxminan 10,3 million so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, “kalitga kalit” deb nomlangan ushbu poygada 2003 yilda tug‘ilgan Sh.O. ismli yigit ham ishtirok etgan. U ham yo‘l bezoriligi, ichki ishlar xodimlarining talablariga bo‘ysunmaslik va mayda bezorilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan. Sud qaroriga ko‘ra, Sh.O. 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi, shuningdek, 1 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi va 10,3 million so‘m jarima to‘lashga majbur qilindi.

Ish materiallariga ko‘ra, mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video orqali ma’lum bo‘lgan. Videoda qizning mototsiklda mashinalar bilan poyga uyushtirgani va bu holat ko‘pchilikda keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Bloger sifatida tanilgan I.T. keyinchalik o‘z storisida holatga izoh berib, o‘z xatosini tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “kalitga kalit” deb poyga o‘ynash qimor targ‘iboti sifatida baholanganini avval bilmagan.

“Tunda bezorilik qilapsiz, yoshlarni qimorga chorlayapsiz, deb chaqirishdi. “Kalitga kalit” deb poyga o‘ynash qimor targ‘iboti hisoblanar ekan. Bilmagandim, endi bildim. Mototsiklni “shtrafnoy”ga olib ketishdi”, — degan u storisida.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda yoshlar orasida “adrenalin poygalar” va “layk orttirish” maqsadida yo‘l bezoriligi holatlari ko‘paygan. Bu nafaqat qonunbuzarlik, balki hayot uchun jiddiy xavf ham hisoblanadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga va “videochallenjlar” orqali o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymaslikka chaqirmoqda.

Qarshidagi mazkur voqea esa jamoatchilik orasida katta muhokamalarga sabab bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda mas’uliyat va qonunga itoat mavzusini yana kun tartibiga olib chiqdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?