Afg‘oniston, bu “amerikacha orzuning” chilparchin bo‘lishining yorqin misoli, G‘arbni o‘zining kutilmagan xavfsizlik tahdidlari bilan g‘ulg‘ulaga solmoqda.
London esa, aslini olganda, Moskvaga jangovar hatti-harakatlar va sayyora ustidan nazoratni yo‘qotayotgan Vashingtonning xavotirini yetkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 25 oktabr kuni Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi. Putin yaqinda toliblar bilan o‘tgan “Moskva formati” yig‘ilishi (Rossiya, Xitoy, Pokiston, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari ishtirokidagi) haqida so‘zlab berdi, Jonson esa “Tolibon”*ning ehtimoliy tan olishidan tashvish bildirdi.
Bu suhbatda 20 yillik harbiy operatsiyalaridan so‘ng ayanchli mag‘lubiyatiga ishonmayotgan, toliblarning surbetlarcha tepkisidan azob chekayotgan va qayta tiklangan “xalifalik”ning butun dunyoda tan olinishidan jiddiy xavfsirayotgan Qo‘shma Shtatlarning qiziqishi yaqqol bo‘lgan.
Afg‘oniston suverenitetini shubhasiz hurmat qilgan holda yangi hukumatning xalqaro tan olinishiga hali ancha bor. Avvalroq Vladimir Putin “Tolibon”ni* terrorchilik tashkilotilari ro‘yxatidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qaror BMT darajasida qabul qilinishi kerakligini ma’lum qilgandi. Buning uchun esa toliblar “barcha etnik va diniy guruhlar, barcha siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishlari” shart.
Afsuski, Afg‘oniston saksonta xalq va elatlarning tinchlik va totuvligidan yirorq, terrorizmdan ozod emas. Muvaqqat hukumat iqtisodiy chaqiriqlarga va “Islom davlati”ning* xavfsizlik tahdidlariga bas kela olmayapti.
Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo 24 oktabr kuni so‘nggi oylardagi voqealar Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyatga tanazzulga olib keldi. Mirzo bu mamlakatdagi vaziyatni halokatli deb atadi. Afsuski, bunda hech nima bo‘rttirilmagan. Afg‘oniston amalda toliblar va boshqa terrorchilik guruhlari nazorati hamda kichik Mas’ud rahbarligi ostidagi Qarshilik ko‘rsatish fronti hududlariga bo‘lingan.
Jangarilarning Markaziy Osiyo mamlakatlariga bostirib kirishi tahdidi saqlanib qolinmoqda. KXSHT afg‘on chegarasiga yaqin Tojikiston va O‘zbekiston hududida olti davlat harbiylari ishtirokida maxsus mashg‘ulotlari o‘tkazgani bejiz emas.
Xavfsizlik kamari
“Moskva formatidagi” uchrashuvda toliblar Afg‘onistonning butun hududini nazorat qilishayotganini aytishdi. Xorijlik hamkorlar va kontragentlarni yangi hukumatning qodirligi va samarali ekaniga ishontirishga urinish uncha ishonarli emas. Toliblar mamlakat tinch aholisi xavfsizligini ta’minlay olishmaydi va hatto o‘zlarini himoya qila olishmayapti. Turli viloyatlarda teraktlar uyushtirilyapti va “Islom davlati”* otryadlari (davlat chegaralarini tan olmayotganlar) bilan otishmalar ro‘y bermoqda.
Qurollangan toliblar 26 oktabr kuni Kobuldagi aviakassa oldida to‘plangan olomonni o‘q uzib, tarqatib yubordi. Yaralanganlar bor. Ayollar ham jabr ko‘rdi, biroq bu haqda sal pastroqda hikoya qilamiz.
O‘tgan hafta ISHID* jangarilari Jalolobodda toliblar avtomobillariga ikki marta hujum qilishdi, Kobul va boshqa viloyatlarni chiroqsiz qoldirish maqsadida elektr uzatish tarmoqlari ustunlarini portlatishdi (ilgari toliblarning o‘zi bu usuldan foydalanib, hukumatni obro‘sizlantirishgan). “Xuroson viloyati”* hukumat va ta’sir kuchini kengaytirish uchun kurashishga tayyor. Yakshanba kuni Hirotdagi toliblar va ISHID jangarilari o‘rtasidagi otishmada 17 kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi.
Xuddi shu kuni ishidchilar bayrog‘i Uruzgan viloyatida ko‘tarilgan va mahalliy aholiga ISHIDga qo‘shilish uchun 30 ming afg‘oniy (340 dollar) taklif qilishgan. Afg‘onlar uchun bu katta puldir. Afghanistan.ru portali xabariga ko‘ra, Hirotda “Islom davlati”ga* toliblarning katta guruhi qo‘shilgan.
Afg‘onistonda turli yo‘nalishlardagi vaziyat yomonlashmoqda, hatto bosiq Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I 25 oktabr kuni Doxadagi muzokaralarda ochiqchasiga toliblarni oshkoralikni namoyon etishga, ayollar va bolalarning qonuniy huquqlarini himoya qilishga, barcha etnik guruhlarni birlashtirishga dav’at qildi. Toliblar ertasi kuni Kobuldagi ayollarning norozilik namoyishini tarqatib yuborishdi.
Avvalroq “Tolibon”* vakili Zabiulloh Mujohid qisqacha ayollar huquqi haqida fikr bildirgandi: “Ayollar shariat doirasida yashashadi”.
Chegaradosh mamlakatdagi uzoq turbulentli holat ortida Tojikiston parlamenti quyi palatasi raisi Mahmadtoir Zokirzoda KXSHT hamkorlarini mustahkam kamar yaratishga chaqirdi va Moskva esa darhol 201-sonli Rossiya harbiy bazasini 30 ta modernizatsiya qilingan T-72BZM tanklari bilan mustahamlash bilan javob berdi.
Ilgariroq “Moskva formatidagi” munozaralarning ehtimoliy kengayishi uchun motoo‘qchilar bo‘linmalari bazalari zamonaviy BMP-2, eng yangi “Verba” ko‘chma zenit raketa majmualari hamda otish masofasi oshirilgan o‘qotar reaktivlar, “Kornet” tankka qarshi raketa majmualari, 12,7 mm kalibrli “Kord” ASVK-M spayper miltiqlari, AK-12 avtomatlari va boshqa qurollarni olishdi.
AQSHning Pokistondagi aviabazasi
AQSH va NATO mamlakatlari avvalgidek u yerda 20 yil jang qilishgan Afg‘oniston kelajagi uchun javobgarlikni anglashmadi. Mag‘lubiyat va amerika qo‘shinlarining olib chiqib ketilishiga qaramasdan Vashington mintaqa o‘yinchilari bilan afg‘on chegaralari yaqinida “zaxira aerodromini” joylashtirish borasida kelishib ko‘rishga ham urinib ko‘rdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari qabul qilmaslik pozitsiyalarini yetarlicha keskin bayon qilishdi, ammo AQSH HHK bazasining Pokistonda paydo bo‘lish ehtimoli yuqori.
Boz ustiga, Islomobod toliblar bilan hamkorlikning “norasmiy yo‘llarini” yo‘lga qo‘ydi. Pokiston va Qo‘shma Shtatlar Pokiston havo maydonidan Afg‘onistonda AQSHning HHKning jangovar va razvedka operatsiyalari uchun foydalanish to‘g‘risida bitimni imzolashga yaqin turibdi. Shu tariqa, Vashington, mag‘lubityat alamining bir qismining o‘rnini bosadi, Islomobod esa terrorizmga qarshi kurashish va Hindiston bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda Amerika yordamini oladi.
Agar Amerika jangovar aviatsiyasi Afg‘oniston hududini qattiq nazorat qilish imkoniga ega bo‘lsa, shubhasiz, 20 yillik tarix qaytariladi. Bu tinch aholi boshiga yangi qashshoqlik, chegaradosh Markaziy Osiyo mamlakatlariga esa qochoqlarning yangi oqimini olib keladi.
Raqamlarni yaxshi tushunish uchun: amerikaliklar Afg‘onistondan 124 ming nafarcha kishini evakuatsiya qilishdi. Shimoliy Amerikadagi Pentagon bazasining o‘zida 53 mingdan ziyod afg‘onlar bor. Afg‘onistonda vaziyatning yanada keskinlashi oqibatida millionlab kishilar qochoq bo‘lishadi. Afg‘oniston Islom Respublikasining avvalgi rahbariyati vakillari kuni kecha milliy qarshilik ko‘rsatishning Oliy kengashi tuzilganini ma’lum qilishdi. Kengash fuqarolarni ichki zolimona hukmrolikka, xorijiy tajovuz va istiloga mashaqqiyatli va uzoq qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi. Afg‘onston hududidagi hammaning hammaga qarshi urushi uzoq cho‘zilishga va’da bermoqda.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Aleksandr Xrolenko
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi