
Avstraliyaning Lizard orolida achinarli fojia ro‘y berdi. Coral Adventurer kruiz kemasi o‘z sayyohlaridan birini orolda unutib ketgan, deb xabar berdi Deutsche Welle. Keyinroq 80 yoshli ayolning jasadi topilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 60 kunlik sayohat chiptasi taxminan 50 ming dollar turar edi. Sayyohlar orolda xayking va snorkling bilan shug‘ullangan, ammo keksa ayol yuqori nuqtaga chiqolmagan va guruhdan ortda qolgan.
Ayol yolg‘iz sayohat qilgani uchun uning yo‘qolgani darhol payqalmagan. Kema kun botishda orolni tark etgan, ammo kechki ovqat paytida bu holat ma’lum bo‘lgan. Bir necha soatdan so‘ng kema orqaga qaytgan, qidiruvga vertolyot jalb etilgan, ammo ayolning jasadi topilgan.
Politsiya hodisani “to‘satdan va shubhasiz o‘lim” deb baholagan. Avstraliya dengiz xavfsizligi boshqarmasi hodisani tergov qilmoqda. Coral Adventurer ekipaji yo‘qotish sabablari va kechikkan qidiruv uchun so‘roq qilinadi.
Kompaniya rahbari Mark Fayfild ayolning yaqinlariga tasalli bildirib, “biz bu fojiadan chuqur afsusdamiz”, dedi. Ma’lum bo‘lishicha, kema bortida shifokor ham, hamshira ham bo‘lmagan. Coral Adventurer 120 yo‘lovchi va 46 ekipaj a’zosini sig‘dirgan va Avstraliya qirg‘oqlariga maxsus sayohatlar uyushtirish uchun mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!