
Ijtimoiy tarmoqlarda uzoq sukutdan so‘ng, Pavel Durovning sobiq ma’shuqasi Irina Bolgar muhokama markaziga aylandi. U taqiqlangan platformada yozgan uzun postida tadbirkor endi bolalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi.
Irinaning so‘zlariga ko‘ra, Durov o‘z merosini barcha biologik avlodlari o‘rtasida, jumladan donorlik dasturlari orqali tug‘ilgan farzandlarga ham taqsimlashni rejalashtirgan. Ammo Bolgar bilan bo‘lgan farzandlariga nisbatan u avvalgi va’dalariga amal qilmayotgani aytilmoqda.
«Bir vaqtlar u: “Men tirikman, bolalarim hech narsaga muhtoj bo‘lmaydi”, derdi. Endi esa ular merosni faqat 30 yildan keyin olishi mumkin, – deydi Irina. – Farzandlarim hali voyaga yetmagan, ular bu qadar uzoq kuta olmaydi».
Irina, shuningdek, Pavel endi otalikni ham inkor etayotganini ta’kidladi:
«U bolalarimizni tan olmayapti, hatto bir vaqtlar birga yashaganimizni ham rad etmoqda. Ammo bolalar hali ham o‘sha uyni, o‘tgan hayotimizni eslab yashashmoqda».
