JSST tomonidan yaqinda e’lon qilingan koronavirusning yangi "omikron" shtamii naqadar xavfli ekani hozircha ma’lum bo‘lmasada, u jahon bozorlarini biroz "qulatishga" ulgurdi.
Neft 10 dollarga arzonlashdi. Bu so‘nggi ikki oydaeng past ko‘rsatgich bo‘ldi. Narxlar koronavirusning yangi shtammi tufayli pastga quladi. Agar u darhaqiqat xavfli bo‘lib chiqsa, dunyoga yangi va yanada qat’iy cheklovlar joriy etish kerak bo‘ladi. Demak, energiya manbaalariga talab pasayadi.
Fond birjasiga ham “Qora juma” keldi: investorlar yirik kompaniyalar qimmatli qog‘ozlarini sotib yubormoqda. Oldinda OPЕK+ guruhi uchrashuvi. Asosiy neft eksportchilari qazib olish hajmini o‘zgartirish bo‘yicha muhim qaror qabul qilishlari kerak.
O‘ta qimmat
Noyabr o‘rtalarida Brent navli neft narxi barreliga 82 dollardan sotilayotgan edi. AQSHda yanvar oyidan buyon benzin narxi bir litr uchun 0,62 dollardan 0,83 dollargacha oshdi. Amerika uchun bu so‘nggi 7 yil ichida rekord darajadagi baland narxlar. Amerikaliklan buning uchun OPЕK+ni ayblashmoqda. Shu kunga qadar kartel har oyda neft qazib olish hajmini 400 ming barrelga oshirib kelayotgan edi.
Vashington esa, narxlarni pastga tushirish maqsadida o‘zining strategik zahiralaridan foydalanishni boshladi. Shu bilan birga amerikaliklar Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Janubiy Koreyadan ham zahira neftlarining bir qismini sotishni so‘rashdi. Bozorga qo‘shimcha 70 million barrel neft kelishi mumkinligi haqidagi xabar Brent navi narxini 80 dollardan pastga qulatdi.
“Omikron” barchani shunchalik qo‘rqitib yubordiki, 26 noyabr kuni Brent navi narxi 72 dollargacha quladi. Bu 2020 yilning aprel oyidan keyin eng yirik pastga sho‘ng‘ish bo‘ldi. AQSH fond birjalari uchun o‘tgan juma kuni “qora juma”ga aylandi: Dow Jones indeksi 2,53 % yo‘qotdi, S&P — 2,27%, Nasdaq Composite — 2,23%. Mosbirja indeksi ham 3,5 %ga quladi.
Dushanba kuni bijalarda kotirovkalar narxi biroz ortga qaytgan bo‘lsa ham, seshanbada shimoliy dengiz nefti narxi yana pastladi. 2022 yil fevrali uchun imzolangan shartnomalar narxi 70,62 dollarni tashkil qildi. Bu oldingi shartnomalarga nisbatan 3,8 %ga kam.
Biroz oldin JSST “omikron” yuqori tarqalish xavfiga ega bo‘lgan infeksiya ekani haqida ogohlantirgan edi. Jumladan u koronavirusga chalinganlarga ham yuqishi mumkinligi aytib o‘tilgan edi. Lekin hozircha yangi shtamm haqida batafsil va aniq ma’lumot yo‘q. Moderna bosh direktori Stefan Bansel aytishiga ko‘ra, koronavirusga qarshi mavjud vaksinalar uning yangi ko‘rinishiga nisbatan unchalik samarali bo‘lmaydi.
Isroil va Singapur ba’zi Afrika davlatlari bilan aviatsiya parvozlarni to‘xtatdi. Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya va Niderland Afrika qit’asining oltita mamlakatiga parvoz qilishdan voz kechdi. Ekspertlar virus yangi mutatsiyasi xususiyatlarini o‘rganishmoqda. Chegaralar yopilishi, logistik uzilishlar – bularning barchasi jahon iqtisodiyoti rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin. Demak energiya manbaalariga ham talab kamayadi.
Bozor bunga mavjud ssenariylarning eng yomoni bo‘yicha reaksiya berdi. "Sinara" investitsion bankining tahliliy departamenti direktori Kirill Tachennikov aytishiga ko‘ra, zahira neftlarining sotuvga chiqarilishi narxlarning yanada tushib ketishiga olib keladi.
Hammasini OPЕK+ hal qiladi
OPЕK+ nima qilishi kerakligini hozircha aytish qiyin. Amaldagi reja bo‘yicha yanvar oyidan boshlab neft qazib olish hajmi bosqichma-bosqich oshib borishi kerak. Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdel Aziz ben Salman al-Saud omikron shtammining neft bozoriga ta’siridan xavotirda emasligini ma’lum qilgan edi. Lekin u kartelning kelajak rejalarini xabar qilishdan bosh tortdi.
Rossiya vitse-premeri Aleksandr Novak aytishiga ko‘ra, Moskva ham bu borada tezkor choralar qabul qilishga shoshilmayapti. Neft alyansi bo‘yicha hamkorlar esa bu borada Moskva bilan maslahatlashgani yo‘q.
“Neftchilarni AQSH va uning ittifoqdoshlarining strategik zahiralarini ochishi neftchilarni ko‘proq tashvishga solmoqda. Yangi shtamm OPЕK+ning bo‘lajak majlisida neft qazib oluvchilarni o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirishga majburlash ehtimoli katta” – deydi "Yediniy broker" kompaniyasi direktori Artem Arzamassev.
Agar 2 dekabrda bo‘lib o‘tadigan OPЕK+ uchrashuvida rejalar o‘zgarsa, neft narxi yana 80 dollardan oshishi mumkin. Lekin AQSH o‘z zahiralarini bo‘shatishda davomi etadi. Chunki oldindan Kongress saylovlari, demokratlar saylov oldidan o‘z tarafdorlarini yo‘qotishni istamaydi", — deydi Borsell tahliliy kompaniyasi vitse-prezidenti Olga Veretennikova.
Tahlilchilar xulosasiga ko‘ra, OPЕK+ ehtiyotkorona harakat qiladi: masalan ular neft qazib olishni ikki baravar kamaytirishlari mumkin. Yoki noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yishlari mumkin. Agar yangi shtamm xavfsiz deb topilsa, hech narsa o‘zgarmaydi.
Afsuski bularning barchasi rubl kursini oshishi uchun xizmat qilmaydi. Juma kuni sodir bo‘lgan keskin “qulash” oqibatida Rossiya valyutasining dollarga nisbatan kursi 75,92 rublacha va yevroga nisbatan 85,69 rublgacha pasaydi. 29 noyabrda kurs biroz ortga qaytgan bo‘lsa-da, noma’lumlik saqlanib qolmoqda.
CARF fondi boshqaruv direktori, molichi Andrey Sirchin aytishiga ko‘ra, neftchilar kutib turish strategiyasiga o‘tadi. "Hozir hamma qo‘rqayotgan yagona narsa – dunyo iqtisodiyoti neft narxi barreliga 80 dollardan ortiq bo‘lishiga dosh bera olmaydi", — deydi mutaxassis.
The Wall Street Journal yozishiga ko‘ra, OPЕK+ dunyoning asosiy neft importchilari tomonidan neft siyosatini o‘zgartirish masalasi ko‘rib baribir chiqilmoqda. Karteldagi manbaalarga asoslangan holda nashr “Saudiya Arabistoni va Rossiya, neft bozoridagi yuqori narxlarni saqlab qolish maqsadida kelgusi yilda neft qazib olish hajmini oshirish rejasidan birgalikda voz kechishi mumkin” deb yozmoqda.
Natalya Dembinskaya
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi