Bu xas emas, 15,5 ming dollarlik choy.
Foto: «Kyodo»
Yaponiyaning Sidzuoka shahrida qo‘lda o‘ralgan choyning bir kilosi 1,96 mln iyena yoki 15,5 ming dollarga baraka bo‘ldi — bunaqa kimoshdi savdolari tarixida bu rekord ko‘rsatkich, deb yozdi «Kyodo».
«Biz yaxshi rang va shakldagi choyni qo‘lga kiritdik», — dedi 35 yoshli ulgurji savdogar Natsuki Vada.
18 aprel kungi savdolar boshlangan tongda Sidzuokada yangi hosil choyining bir kilogrami o‘rtacha 5 ming iyenadan ($40 atrofida) sotilgan.
Choy sanoatining qamrovi va daromadgirligi modalar olami yoki alkogol ichimliklar sanoatidan oshsa-oshadiki, aslo kam emas. Choy kimoshdi savdo bozorlari dunyoda ko‘p, eng yaxshi choyni sinchilar — titesterlar tekshirib berishadi. Choy barglarining tashqi ko‘rinishi, xushbo‘yligi, o‘rami, bir tekisligi va hokazo belgilarini hisobga olishadi.
Choy kimoshdi bozorlarining eng obro‘lisi Guanchjou va Gonkongda. Bir kaft choy bir necha ming dollargacha chiqib ketishi hech gapmas. «Choylar shohi» esa Xitoyning «Da Xun Pao» navi hisoblanadi, uni ming yillik ona butalardan terib kelishadi, hozir bunaqa ko‘hna butalar juda oz qolgan.
2005 yilda ana shu choyning 20 grami o‘ta qimmatga — 208 ming yuanga baholangan (hozirgi kursda hisoblaganda ham 32 ming dollardan oshadi!). Boshqa auksionlarda sotilayotgan xuddi shu navli choy uncha qimmat yurmaydi, chunki sun’iy ravishda yetishtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi