Amorim Dorgu Nunu Mendesdan o'rnak olishni maslahat berdi

Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning chap qanot himoyachisi Patrik Dorguga PSJ yulduzi Nunu Mendesdan o'rnak olishni tavsiya qildi. Portugaliyalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, 21 yoshli daniyalik futbolchi Mendesning o'yin uslubini chuqur o'rganib, o'z pozitsiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanishi mumkin.
Sun Sport xabariga ko'ra, Amorim Dorguning ulkan salohiyatga ega ekanligini ko'rmoqda va yosh himoyachining iste'dodini to'liq ochishga yordam berish g'oyasi bilan band. "Qizil iblislar" murabbiylar shtabida Patrikni "ikkinchi Nunu Mendes" deb atashmoqda.
Dorgu joriy yilning fevral oyida Lechchedan Manchester Yunayted safiga qo'shilgan edi. Ushbu mavsumda futbolchi mankunianliklar safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Sun Sport xabariga ko'ra, Amorim Dorguning ulkan salohiyatga ega ekanligini ko'rmoqda va yosh himoyachining iste'dodini to'liq ochishga yordam berish g'oyasi bilan band. "Qizil iblislar" murabbiylar shtabida Patrikni "ikkinchi Nunu Mendes" deb atashmoqda.
Dorgu joriy yilning fevral oyida Lechchedan Manchester Yunayted safiga qo'shilgan edi. Ushbu mavsumda futbolchi mankunianliklar safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…