
Bundesliganing to‘qqizinchi turida ketma-ket to‘rt mag‘lubiyatga uchragan "Maynts" o‘z maydonida "Verder" klubini qabul qildi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida Filipp Mvene xavfli hujum tashkil qilib, to‘pni ustunga urdi.
36-daqiqada Benedikt Hollerbahning uzatmasidan so‘ng Silvan Vidmer hisobni ochib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi – 1:0. Ikkinchi bo‘lim boshida Andreas Hanshe-Olsen burchakdan uzatilgan to‘pni darvoza tomon yo‘lladi, ammo himoyachilar uni darvoza chizig‘idan qaytarishdi.
85-daqiqada "Verder"ning bosimi o‘z natijasini berib, Yens Stage uzoqdan kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi – 1:1. Uchrashuv yakunida "Maynts" 5 ochko bilan turnir jadvalining oxirgi o‘rinlaridan birida qolmoqda, "Verder" esa 8-o‘ringa joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar