
Rossiya Federatsiyasi strategik suv osti qurilmasi 'Poseydon'ning yangi sinov bosqichini muvaffaqiyatli o'tkazganini e'lon qildi. Ushbu qurilma yadroviy energiya tizimi bilan jihozlangan.
Prezident Vladimir Putin sinovlar davomida erishilgan natijalarni 'katta muvaffaqiyat' deb baholadi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, yaqinda o'tkazilgan sinovlar davomida qurilma suv osti kemasidan ishga tushirildi.
Prezidentning ta'kidlashicha, sinovning muhim qismi qurilmaning suv osti kemasidan muvaffaqiyatli ishga tushirilishi va bortdagi atom energiyasi tizimining faollashtirilishidan iborat bo'lgan. "Biz birinchi marta qurilmaning atom energiya tizimini ishga tushirishga erishdik va u ma'lum muddat davomida faoliyat ko'rsatdi", - dedi Putin.
U bu bosqichni butun loyiha uchun muhim deb ta'kidladi. Prezident o'z chiqishida qurilmaning taktik-texnik xususiyatlariga ham to'xtaldi.
Unga ko'ra, 'Poseydon' qudrati jihatidan hatto yangi avlod 'Sarmat' qit'alararo raketasidan ham ustun turadi. Shuningdek, qurilmaning tezlik va harakatlanish chuqurligi bo'yicha dunyoda tengi yo'qligi qayd etildi.
"Bunday qurilmani hozirda hech kim yaratgani yo'q va yaqin kelajakda ham bu imkonsiz bo'lishi mumkin", - dedi Putin. Shuningdek, u bunday qurilmani samarali tarzda to'xtatish usullari mavjud emasligini qo'shimcha qildi.
'Poseydon' 2018 yildan buyon Rossiyada ishlab chiqilayotgan okean ko'p maqsadli tizimining asosiy elementi sifatida tanilgan. Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari qo'mondonligiga ko'ra, ushbu tizim maxsus maqsadli atom suv osti kemalari va ularga biriktirilgan uchuvchisiz suv osti qurilmalarini o'z ichiga oladi.
Ushbu tizimning rasmiy maqsadi strategik muvozanatni saqlash va global harbiy barqarorlikni ta'minlashdir. Yadroviy quvvatga ega torpedalar kontseptsiyasi ilk bor 1950-yillarda SSSRda akademik Andrey Saxarov tomonidan taklif qilingan edi.
Ammo o'sha vaqtda loyiha axloqiy va texnik sabablarga ko'ra rad etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar