
Energetika vazirligi matbuot xizmati rasmiy xabar e'lon qildi. Toshkent viloyati Buka tumani "Do'stlik" MFY hududida ekskavator yordamida olib borilgan ishlar vaqtida yer osti yuqori bosimli gaz quvuri shikastlangan va tabiiy gaz yetkazib berishni vaqtincha to'xtatish qarori qabul qilingan.
Avariya natijasida 3 120 xonadon va 28 ta yirik iste'molchi gaz ta'minotisiz qoldi. To'xtash holati "Do'stlik", "O'zbek", "Toshloq", "Guliston" va "Yangi Hayot" MFYlarida yashovchi aholini qamrab oldi.
Hozirda tuman gaz ta'minoti tashkilotining avariya brigadasi gaz quvurini ta'mirlash bo'yicha shoshilinch ishlarni olib bormoqda. Ta'mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta'minoti to'liq tiklanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar