Markaziy Osiyoda aholi pulni nimalarga ko‘p sarflaydi?

1 daqiqa o'qish527
Markaziy Osiyoda aholi pulni nimalarga ko‘p sarflaydi?

“Numbeo” platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlarida aholining asosiy xarajatlari oziq-ovqat va uy-joy to‘lovlariga to‘g‘ri keladi. Qolgan sarflar — kiyim-kechak, transport, sport va dam olish uchun ancha kam. Bu holat mintaqadagi ko‘plab oilalar, birinchi navbatda, asosiy ehtiyojlarni qondirishga intilayotganini ko‘rsatadi.

Tojikiston bu yo‘nalishda yetakchi bo‘lib, aholi daromadining 37 foizini oziq-ovqatga sarflaydi. Uy-joy ijarasi 20 foiz, restoranlar 15 foiz, transport 11 foizni tashkil etadi. Kiyim-kechak va dam olishga sarflangan mablag‘ eng kam — 6 va 5 foiz atrofida.

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham manzara shunga o‘xshash: oziq-ovqat va uy-joy xarajatlari oilaviy budjetning qariyb yarmini tashkil etadi. Qirg‘izistonda oziq-ovqat ulushi 28 foiz, ijara 25 foiz, Qozog‘istonda esa mos ravishda 30 va 23 foiz.

Turkmaniston va O‘zbekistonda ham vaziyat o‘xshash. Turkmanistonda oziq-ovqat xarajatlari 35 foiz, uy-joy to‘lovlari salkam 30 foizni tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa sport va hordiqqa ajratiladigan mablag‘ — 7 foiz — mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Markaziy Osiyoda aholi pulni nimalarga ko‘p sarflaydi?

Boshqa MDH davlatlarida ham aholi xarajatlarining tuzilishi deyarli bir xil. Rossiyada oziq-ovqat uchun 29 foiz, Belarusda 29,3 foiz, Armaniston va Ozarbayjonda esa oziq-ovqat, ijara va restoranlar xarajatlari birgalikda umumiy budjetning 60 foizidan ortig‘ini tashkil etadi.

Mutaxassislar fikricha, bu raqamlar Markaziy Osiyo aholisi daromadining katta qismi asosiy ehtiyojlarga ketishini va sarflarning hali ham hayotiy zaruratlar doirasida ekanini ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?