date

Polsha bir haftada uchinchi marta Rossiya samolyotini to‘xtatdi

Polsha bir haftada uchinchi marta Rossiya samolyotini to‘xtatdi

Polsha harbiylari ma’lum qilishicha, Rossiyaga tegishli Il-20 razvedka samolyoti Boltiq dengizi hududida tasdiqlangan parvoz rejasiz va transponderlari o‘chirilgan holda uchgan. Harbiylar buni mintaqadagi havo harakati xavfsizligi uchun ehtimoliy tahdid sifatida baholagan.

Samolyotni to‘xtatish uchun Polsha harbiy-havo kuchlarining MiG-29 qiruvchi samolyotlari havoga ko‘tarilgan.

Shu kabi voqealar ilgari ham kuzatilgan: 28 oktyabrda va 30 oktyabr kuni Polsha MiG-29 lari Rossiyaning Il-20 samolyotini Boltiq dengizi ustida, mamlakat havo chegarasiga yaqin hududda to‘xtatgan edi.

Polsha harbiylari Rossiya aviatsiyasining Boltiq mintaqasidagi faolligi ortayotganini ta’kidlab, “NATOdagi ittifoqchilar bilan hamkorlikda to‘liq jangovar tayyorgarlikda ekanliklarini va Rossiyaning har qanday provokatsiyasiga javob berishga tayyor turishlarini” ma’lum qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polsha bir haftada uchinchi marta Rossiya samolyotini to‘xtatdi