Foto: «Noviy ochag»
Uyqudan keyin bosh og‘rig‘i turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishi mumkin. Bu patologiya emas: noqulay holatda uxlab qolgan inson tabiiyki bosh og‘rig‘i bilan uyg‘onadi. Biroq og‘riq sindromi doimiy bo‘lib qolsa va u kunduzi ham, tungi dam olishdan keyin ham sodir bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Nega uyqudan keyin bosh og‘riydi?
Odatiy tungi uyqu o‘rtacha 7-8 soat davom etadi. Bu vaqt tananing to‘liq tiklanishi uchun yetarli hisoblanadi. Yaxshi dam olgan inson quvnoq, ajoyib kayfiyat bilan uyg‘onadi. Agar uyqudan keyin boshingiz og‘risa, bu sizning yaxshi dam olmaganingizni anglatadi.
Buning sabablari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- qon aylanishining buzilishiga olib keladigan bosh va bo‘yin tomirlarining uzoq muddatli bir tomonlama siqilishi (masalan, inson uxlab qolsa va o‘sha holatda uyg‘ongan bo‘lsa);
- tungi dam olishdan oldin spirtli ichimliklarni iste’mol qilish;
- havosi issiq xonada uxlash (kislorod yetishmasligi va toksinlar bilan zaharlanish);
- uyqu paytida noqulay holatda uxlash;
- boshning uzun gorizontal holati tufayli intrakranial bosimning oshishi;
- uyquning me’yoridan 2-3 soatga oshib ketishi («quvonch gormoni» bo‘lgan serotoninning to‘planishi migrenga o‘xshash holatni keltirib chiqaradi).
Bularning barchasi mexanik sabablardir. Agar salbiy omillar bartaraf etilsa uyqudan keyin bosh og‘rig‘i kuzatilmaydi. Biroq ertalabgi bosh og‘rig‘i doimiy davom etayotgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Ayniqsa xavfli og‘riq boshqa alomatlar kombinatsiyasini, ya’ni bosh aylanishi, hushdan ketish, ko‘ngil aynishi va boshqa holatlarni yuzaga keltirgan bo‘lsa tezroq mutaxassislarga murojaat qiling.
Nega kunduzgi uyqudan keyin bosh og‘riydi?
Kunduzgi uyqu — bu insonning biologik soatga zid bo‘lgan uyqusi hisoblanadi. Agar odamda kunduzgi uyqudan keyin bosh og‘rig‘i bo‘lsa, bu mexanik sabablarga ko‘ra yuzaga keladi (tungi uyqu holatida bo‘lgani kabi).
Kun davomida vaziyatni quyidagi omillar kuchaytirishi mumkin:
- miyaning to‘liq dam olishiga imkon bermaydigan kunduzgi yorug‘lik;
- derazadan tashqarida shovqin kuchaygan bo‘lsa (agar biz metropoliya aholisi haqida gapiradigan bo‘lsak);
- tananing noqulay his etilishi, mos bo‘lmagan uyqu joyi;
- sochga qo‘llaniladigan kimyoviy mahsulotlar (agressiv kimyoviy moddalar va xushbo‘y hid tananing salbiy reaksiyasini qo‘zg‘atadi).
Kunduzgi dam olish zarurati charchoqning kuchayishi bilan yuzaga keladi va bu sog‘likning buzilishini bildiradi. Kechasi doimiy uyqusizlik, dam olish va ovqatlanish rejimining buzilishi kunduzgi uyqudan keyin bosh og‘rig‘ining yana bir belgisidir.
Uyg‘onganingizdan keyin muammolarga duch kelmaslik uchun siz tanangizga salbiy tashqi ta’sirni kamaytirishingiz, kun tartibingizni tartibga solishingiz va yomon odatlardan xalos bo‘lishingiz kerak. Agar bu ko‘rsatmalar yordam bermasa shifokor bilan maslahatlashingiz kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi