13:43 / 20.06.2023
94

Pastki qovoq shishib, og‘riq kuzatilsa, uy sharoitida nima qilish kerak?

Pastki qovoq shishib, og‘riq kuzatilsa, uy sharoitida nima qilish kerak?

Har qanday holatda alomatni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Bu uyqusizlik yoki jiddiy sog‘liq muammolarining natijasi bo‘lishi mumkin. Agar o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rilmasa, asoratlar paydo bo‘lishi ehtimoli bor, deb yozmoqda Wday nashri.

Nima uchun pastki qovoq shishadi va og‘riydi?

Insonning ko‘plab kasalliklari ko‘zning tashqi tomonida namoyon bo‘ladi: uning turmush tarzi, zararli odatlari va u amal qiladigan gigiyena. Ayniqsa, pastki qovoqda yomon holat darhol seziladi, qovoqda nafaqat shish, balki og‘riq, qichishish va qizarishi kuzatilishi mumkin.

Pastki qovoqning shishishi sabablari:

  • uyqu yetishmasligi, ko‘zning zo‘riqishi, organizmning surunkali charchoqlari;
  • mexanik shikastlanish, chang, qoldiq, kirpiklarning ko‘zga tushishi;
  • ko‘z qovog‘ida hosil bo‘lgan “jirovik” va husnbuzarlar;
  • qon oqimining buzilishi, tomirlar yallig‘lanishi;
  • organizmdagi ortiqcha namlik;
  • infeksiya, zamburug‘, virus, allergik reaksiyalar.

Ko‘zning o‘zi bilan hamma narsa tartibda bo‘lsa, shishgan ko‘z qovog‘i buyraklar yoki yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolarning alomati bo‘lishi mumkin.

Ko‘z ostidagi ajinlar va doiralar paydo bo‘lishi bilan birga ko‘z qovoqlarining shishishi ba’zan yoshga bog‘liq bo‘lib, mushak to‘qimalari tarangligini yo‘qotadi, osiladi va ko‘proq joy egallay boshlaydi. Ba’zan noto‘g‘ri qilingan gigiyena yoki uning yetishmasligi ham xuddi shunday ta’sirga olib keladi. Ayniqsa, pardozingizni yuvmasdan yotish zararli.

Agar pastki qovoq shishgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Bunday alomatning sabablari ko‘p bo‘lgani sababli, mustaqil ravishda dori-darmon ichish befoyda, ba’zan esa sog‘liq uchun ham xavfli. Faqat shifokor shishning tabiatini aniqlay oladi. Agar shish og‘riq, qichishish, yiringli oqindi, isitma bilan birga kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Shish paydo bo‘lishining sababini aniq bilsangiz, masalan, uyqu yetishmasligi yoki vaqtincha shifokorga murojaat qilish imkoniyati bo‘lmasa, xalqona davo usullaridan foydalanishingiz mumkin.

Ko‘z qovog‘ining shishishini qanday yengillashtirish mumkin:

  • ko‘zga qo‘shimchalarsiz ishlatilgan choy paketini bostiring;
  • kalendula, romashka yoki yalpiz qaynatmasi bilan yuvib tashlang;
  • doka bilan o‘ralgan muz kubi bilan artib oling, lekin bu 3-4 daqiqadan oshmasligi kerak;
  • sovuq suv bilan yuving;
  • maydalangan xom kartoshka kompressini qo‘llang.

Haddan tashqari holatlarda diuretik ichishingiz mumkin, ammo bundan oldin hech bo‘lmaganda telefon orqali shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Pastki qovoqning shishishi ko‘plab kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin, shuning uchun vaziyatni og‘irlashtirmaslik uchun o‘zingiz mustaqil davolashnishga urinmang.

Pastki qovoqning shishishining sabablari turlicha bo‘lib, bu qanchalik tez-tez takrorlanishi va unga hamroh bo‘lgan alomatlar mavjudligini aniqlash muhimdir. Agar pastki ko‘z qovog‘ining shishishi kuzatilsa, u hashorot chaqishi, mayda tirnalish, infeksiya yoki shunchaki begona moddalar, chang bo‘lishi mumkin. Yoki bu “jirovik” yoki husnbuzar.

Bir-ikki kun kuzatish, bosmaslik, ishqalamaslik kerak. Shishning rangi va shakliga e’tibor bering. Agar u kattalashib, shakli va rangini o‘zgartirsa, ko‘z yoshi kanali tiqilib qolgan bo‘lishi yoki infeksiyalangan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Mustaqil ravishda tabiiy antiseptiklardan foydalanishingiz, artib tashlashingiz yoki losyonlarni tayyorlashingiz mumkin. Agar shish ketmasa va hatto, kuchaysa, shifokor bilan maslahatlashishni unutmang. Bu kuchli infeksiya va virus, masalan, gerpetik keratit haqida darak berayotgandir.

Bordi-yu, shish birdan paydo bo‘lsa va ketmasa, bu buyraklar yoki yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatadi. Bu holda, albatta, shifokor qabuliga borib, ultratovush va testlardan o‘tishingiz kerak.

Ba’zida shish paydo bo‘lishi choyshablardagi bo‘yoqlar va paxta yostiqchalari, bo‘yanish vositalaridagi oqartiruvchi vositalardan kelib chiqadi. Bezanish uchun mo‘ljallangan kosmetika ham shish paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, agar ko‘z qovog‘idagi shish qichib, qizarib keta boshlasa.

Bu holda, ushbu mahsulotlardan foydalanishni darhol to‘xtatishni unutmang. Pastki ko‘z qovog‘ining shishishi limfaning suvsizlanishi va turg‘unligidan ham sodir bo‘ladi. Suv ichish rejimingizni kuzatib boring, toza suv va o‘simlik choylaridan tashqari barcha ichimliklarni chiqarib tashlang. Ratsioningizga selderey, petrushka va bodring kabi xlorofillga boy sabzavot sharbatlarini qo‘shing.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Pastki qovoq shishib, og‘riq kuzatilsa, uy sharoitida nima qilish kerak?