Foto: Technodzen
Barchaga uyqu gormoni sifatida ma’lum bo‘lgan melatonin boshqa qator hayot uchun muhim funksiyalarni ham bajaradi. Inson salomatligi va go‘zalligida melatoninning o‘rni to‘g‘risida shifokor terapevt Mariya Verigina javob beradi.
Melatonin nima?
Melatonin — neyropeptid bo‘lib, uxlab qolishingiz va uyg‘onishingizga yordam beradigan gormon. U uyqu chastotasi uchun ham javobgardir. Melatonin nafaqat miyaning epifiz bezida, balki ichaklar, oshqozon osti bezi, nafas olish organlari, tuxumdonlar kabi periferik organlarda ham ishlab chiqariladi. Taxminan 70 foiz melatonin butkul qorong‘ilikda ishlab chiqariladi.
Melatonin miqdori yillar davomida kamayadi. Chaqaloqlarda bu gormon ishlab chiqarilishi kattalarnikiga qaraganda o‘n barobar kuchliroqdir. Shuning uchun hayotimizning birinchi yillarida biz oson va uzoqroq uxlaymiz.
Melatonin qanday ishlaydi?
Uning birinchi va asosiy vazifasi bioritmlarni tartibga solishdir. Noto‘g‘ri uyqu va buzilgan hayot ritmi depressiya, tushkunlikka olib keladi. Melatonin endokrin tizimga ta’sir qilgani uchun uni “yoshlik gormoni” deb ham atashadi. U qarish va oksidlanish jarayonlarini sekinlashtiradi. Agar gormon vaqtida va me’yorida ishlab chiqarilmasa, ishtahani oshiradigan grelin miqdori sezilarli darajada oshadi. Shu sababli ortiqcha vaznni davolashda organizmdagi melatonin darajasi inobatga olinadi.
Foto: Uforspace
Yaqinda olimlar tomonidan melatoninning anemiyaning oldini oluvchi va miya ishemik shikastlanganda neyronlarni himoya qiluvchi xususiyati aniqlandi. Shuningdek, ushbu gormonning kamayishi va turli surunkali kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlandi. Masalan, Garvard sog‘liqni saqlash markazi boshqa institutlar bilan birgalikda 750 nafar ayol ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi. Natijaga ko‘ra, melatonin darajasi qanchalik past bo‘lsa, 2-toifa qand kasalligi rivojlanish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi.
Melatonin va onkologiya
So‘nggi o‘n yil davomida melatonining saratonga qarshi xususiyatlari olimlar tomonidan o‘rganilib kelinmoqda. Masalan, melatonin saraton hujayralari shakllanishiga yordam beradigan birikmalar sinteziga qarshi katalizator vazifasini bajaradi. Hozirda melatonin sitotoksik gormon deb tasniflanadi. Bunda patogen (kasallik keltirib chiqaruvchi) hujayralarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Gormon immunitetni kuchaytirib, turli virus va infeksiyalarga qarshi kurashda faol ishtirok etadi.
“Melatonin miqdorini me’yorda ushlab turish uchun, avvalo, spirtli ichimliklar va tamakidan voz kechish, mikroelementlar va vitaminlar yetishmovchiligini o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish lozim. Kun davomida jismoniy faol bo‘lish kerak. 23:00 dan kechikmay uxlashga harakat qilish zarur. Uyqudan bir soat avval gadjetlardan foydalanmaslik kerak”, — deya tavsiya qiladi Mariya Verigina. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi