12:12 / 02.03.2024
169

Bahorning ilk kunlarida taomnomangizga kiritish tavsiya etiladigan mahsulotlar

Bahorning ilk kunlarida taomnomangizga kiritish tavsiya etiladigan mahsulotlar
Tabiiy meva va sabzavotlar organizm uchun vitaminlar zaxirasi hisoblanadi. Bahorning ilk kunlarida qanday turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish lozimligi haqida so‘z yuritamiz.

Selderey

Foto: Amazing garden
Fevral oyida yetishtirilgan seldereyning bargi va poyasini ko‘plab turdagi taomlar — smuzi, salat, sho‘rva va sous bilan qo‘llash mumkin. Seldereyni olimlar yoshartiruvchi sabzavot deb atashadi, chunki uning barglarida qarish jarayonini sekinlashtiruvchi va o‘ziga xos oqsil — kollagenni rag‘batlantiruvchi C vitamini mavjud.

Sitrus mevalari

Foto: Vsegda pomnim
Limon, apelsin, mandarin, greypfrut kabi mevalar foydaliligi, shifobaxshligi va ta’mi jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Ular tarkibida shakar (1 – 2 dan 15 foizgacha), limon kislotasi (0,9 – 8 foiz) pektin, A,B,C va boshqa vitaminlar ko‘p. Sitrus mevalari bahor faslida immunitet susayishi bilan faol kurashadi.

Daykon (yaponcha turp)

Foto: Agromagistral
Fevral, mart oylarida daykonni ham pishgan, ham xom holida iste’mol qilish mumkin. Daykon o‘zida juda ko‘p miqdorda biriktiruvchi to‘qima va C guruh vitamini saqlaydi. U kraxmal saqlovchi taomlarni yaxshi hazm qilinishiga yordam beradi. Shu sabab ham kartoshkali taomlar pishirganda daykondan salatlar tayyorlash tavsiya etiladi.

Kivi

Foto: Dzen
Kivi C vitamini miqdori bo‘yicha rekordchilardan biri — 100 gramm meva 4 kunlik normani tashkil qiladi. C vitamini kuchli tabiiy antioksidantdir. Shu sababli kivi — bahorda immunitet tushishini oldini olishda eng foydali meva.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bahorning ilk kunlarida taomnomangizga kiritish tavsiya etiladigan mahsulotlar