17:53 / 13.03.2024
213

Parhezsiz ozishga yordam beradigan 8 ta odat

Parhezsiz ozishga yordam beradigan 8 ta odat
Bugungi kunda har bir ayol sog‘lom turmush tarzi nima ekanligini tushunadi. Lekin ba’zan zaldagi mashqlar ham, turli xil diyetalar ham natija bermaydi. Ochlik va asab buzilishlarsiz qanday qilib ozish mumkinligi haqida gaplashamiz.

Hech qanday ochliksiz ozing

Agar och qolsangiz, oshqozonga me’da kislotasi o‘rniga yog‘ kislotalari kelib tushadi, bu kislotalar yalpi to‘yish hissini beradi. Ovqat bu — kaloriya, ya’ni miyamiz va boshqa organlarimiz uchun “quvvatlanish” energiyasi hisoblanadi. Och qolganda birinchi navbatda mushak kletchatka va limfoid to‘qimalar yo‘qolishi hisobiga vazn yo‘qotamiz, oxirgi navbat yog‘ga keladi. Shu sababli yo-yo effekti yuzaga keladi, bu nom “qaytib keladigan g‘ildirak” tamoyili asosida qurilgan o‘yinchoq sharafiga berilgan. Amaliyotda ham shunday: tez yo‘qotilgan vazn keyin yanada tezroq ortadi, bu esa ozishga yordam bermaydi.

Ilovalar orqali ko‘rsatkichlarni kuzating

Chiroyli qomatga erishish uchun sport zalda uzoq vaqt davomida mehnat qilish kerak. Sekin-sekin, lekin maqsad sari ishonchli harakat qilish uchun smartfonda ilovalar yordamida ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini kuzatib boring. Kuniga yetarli miqdorda qadam tashlaganingizni tekshiring. Suv ichish yetarli miqdorda ekanligiga va hokazolarga e’tibor bering.

Muntazam jismoniy mashqlar qiling

Faol ish haftasidan keyin dam olish kunlarini divanda yotib o‘tkazishni xohlaysiz. Ammo har qanday faoliyatning to‘planadigan ta’siri bor. Organizm uchun ikki-uch soat yugurish yo‘lakchasida mashg‘ulot o‘tkazishdan ko‘ra, har kuni bir soat davomida shug‘ullanish ancha foydaliroq. Muhimi miqdor emas, balki muntazamlikdir.

Sportdan keyin hech narsa yemang

Sport mashqlaridan keyin kaloriya yo‘qotamiz. Shuning uchun organizm och qoladi. Biroq gormonal balansni tiklash va foydali ovqat tayyorlash uchun bir oz kutish kerak. Eng yomon variant – darhol xamirli, shirin va sho‘r narsalarga yopishish. Mashqlardan keyin suv ichish mumkin, faqat gazlangan yoki tarkibida shakar bo‘lmasligi kerak.

Lanchboks tayyorlang

Foydali odatni qo‘llashga o‘ting — o‘zingiz uchun kechqurun yoki erta tongda lanchboks tayyorlang. Unga kinoa, yong‘oq, olma va boshqa mevalarni to‘g‘rang. Bu haqiqiy vitaminlar ombori bo‘lib, tanangiz sizdan minnatdor bo‘ladi.

Xonaga qalin pardalar osing

Qanchalik g‘alati tuyulmasin, lekin ozishda melatonin gormoni juda muhim, u fiziologik jarayonlarni me’yorlashtiradi. Smartfon va kompyuter ekraniga doimiy tikilish tufayli ko‘k-binafsha spektrli yorug‘lik tarqatadigan qurilmalar sabab bioritm buziladi. Shuning uchun qorong‘i xonada uxlash juda muhimdir.

Suv, ko‘k va o‘tli choylar iching

Kundalik me’yorda suv ichish foydali, chunki u moddalar almashinuvini 30 foizgacha tezlashtiradi. Effekt yanada sezilarli bo‘lishi uchun suvga bir oz limon sharbati qo‘shish mumkin. Xuddi shunday ta’sirni ko‘k va dorivor o‘tli choylari ham beradi.

Shirinliklarni yeng, lekin faqat foydalisini

Glyukoza miya ishlashi uchun juda muhim, shu sabab shirinliklardan mutlaqo voz kechish shart emas. Ovqatlanish odatlarini bir oz o‘zgartirish kifoya. Masalan, do‘kondagi kraxmalli va qayta ishlangan shakarli shokolad o‘rniga, yong‘oq va kakao kukunidan grilyaj tayyorlash mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Parhezsiz ozishga yordam beradigan 8 ta odat