Oziq-ovqatlar bizga kuch va energiya beradi, degan tamoyilga o‘rganib qolganmiz, lekin shunday mahsulotlar borki, ular uzoq muddatga sizda uyquchanlikni keltirib chiqaradi. Quyida organizmni energiyadan mahrum qiladigan bir nechta mahsulotlar bilan tanishamiz.
Suli yormasi
Foto: Marie Claire
Eng foydali nonushtalardan biri suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa sizni charchatishi mumkin, chunki uning tarkibida sog‘lom uyquni ta’minlaydigan triptofan moddasi mavjud. Ertalab iste’mol qilingan suli yormasi tushlikda uyqu keltirib chiqaradi.
Banan
Foto: Marie Claire
Ushbu meva kaliyga boy bo‘lib, organizmda melatonin ishlab chiqarish uchun javob beradi. Banandagi gamma aminoyog‘ kislotasi asab tizimini tinchlantiradi. Kunning birinchi yarmida banan iste’mol qilsangiz, kechqurun sizda uyquchanlik va holsizlik paydo bo‘ladi.
Qora olxo‘ri
Foto: Marie Claire
Olxo‘rilar B6 vitaminining manbayi bo‘lib, ular melatonin biosintezini kuchaytirgani uchun uyquchanlikka sabab bo‘ladi.
Kivi
Kivida tanani tinchlantiruvchi C vitamini va karotenoidlar bor. Kechki ovqatdan so‘ng kivi yeyish uyqu sifatini yaxshilaydi.
Yog‘li baliq
Foto: Marie Claire
Losos, midiya, tunes balig‘i kabi yog‘li dengiz mahsulotlari D vitamini va omega-3 kislotalari bilan to‘yingan bo‘lib, ular serotonin ishlab chiqarishni tartibga solishda ishtirok etadi. Shuningdek, qizil ikra ham uyquni keltirishi isbotlangan.
Kurka go‘shti
Kurka go‘shti parhezbop hisoblanadi. Undagi triptofan moddasi suli yormasi kabi uyquchanlikni keltirib chiqaradi.
Bodom
Foto: Marie Claire
Ushbu yong‘oq tarkibidagi magniy tinchlantiradi va uyqu keltiradi. Bodom yog‘li bo‘lganligi sababli me’yoridan ortiq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Rafinadlangan uglevodlar
Shirinliklar, guruch, makaron va non mahsulotlari vazn ortishi bilan birga energiyani tez sarflanishiga olib keladi. Ular qondagi shakar miqdorini qisqa vaqtda oshirib, insulin moddasi kamayishiga va uyquchanlikka sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi