Bolaligimizdan har qanday taom non bilan mazali, degan tushuncha ongimizga singdirib kelingan. Do‘kondan xarid qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatida esa non birinchi o‘rinda turadi. Biz un mahsulotlarini nonushtaga ham, tushlikka ham iste’mol qilaveramiz. Lekin, afsuski, bu zararli odat hisoblanadi.
Zamonaviy shifokor va diyetologlar un mahsulotlaridan asta-sekin voz kechishni tavsiya qiladi, chunki oq non tarkibi organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu qoida kepakli va jo‘xori unidan tayyorlangan nonga ham taalluqli.
Non yeyishni to‘xtatgan inson vazni, albatta, kamaya boshlaydi, bu un mahsulotlarining yuqori kaloriyali va uglevodlarga boy mahsulot ekanligi bilan bog‘liq. Shuningdek, nonning yuqori darajadagi glikemik indeksi hamda kraxmal insonga qisqa muddatga to‘yinganlik hissini beradi va ko‘p o‘tmay yana ochlik hissi paydo bo‘ladi.
Non yeyishni to‘xtatgan insonlarda hazm qilish tizimi yaxshiroq ishlay boshlaydi. Bunga sabab bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan non tarkibida bug‘doyga oq rang beruvchi benzoil perekisi, natriy sulfat va dioksid xlor mavjud. Bug‘doy yetishtirish jarayonida esa ko‘pgina fermerlar o‘simlikka pestitsid sepadi.
Foto: Shutterstock
Shu bilan birga, oq non tarkibidagi glyuten fermenti ham ichak devorlarida turli buzilishlarga olib keladi. Nonsiz taomnomani tasavvur eta olmaydigan insonlarning aksariyati yuzdagi toshmalardan shikoyat qiladi. Bunga ham glyuten sababchi. Non mahsulotlaridan to‘liq voz kechilganda yuzdagi akne kamaya boshlaydi, albatta, ushbu holat boshqa kasalliklar tufayli vujudga kelmagan bo‘lsa.
Oq non tarkibiga ahamiyat bersangiz, unda deyarli hech qanday foydali element mavjud emas. Bundan tashqari, qarish jarayonining tezlashishiga ham aynan un mahsulotlari sabab bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi yechim — iste’mol qilinadigan non miqdorini kamaytirish va taomnomaga ko‘proq sabzavotlar, ko‘katlar, yong‘oqlar kiritish. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi