Ba’zan ozish uchun kerakli barcha harakatlarni — kam va tez-tez ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish kabilarni bajarsangiz ham tarozi pallasida o‘zgarish sezilmaydi. Quyida bunday holatga sabab bo‘ladigan omillar va ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar haqida so‘z boradi.
Foto: iStock
Nima sababdan ozish uchun harakatlar besamar bo‘ladi?
Kaloriyalarni noto‘g‘ri hisoblash. Kunlik kaloriya miqdorini hisoblab chiqsak-da, ba’zan yengil tamaddilar haqida unutib qo‘yamiz: kun davomida ozgina miqdorda yeyilgan yong‘oqlar, quritilgan meva yoki turli gazaklar kaloriyasi hisoblanmaydi va natijada ozish jarayoni juda sekin kechadi.
Yetarli miqdorda suv ichmaslik. Suv yengil ochlikni bartaraf etadi, organizmdan toksinlarni chiqaradi va metabolizmni yaxshilaydi.
Taomnomada sho‘r ovqatlar bo‘lishi. Tuz organizmda ortiqcha suvni ushlab turadi va ozishga to‘siq bo‘ladi.
O‘ta kuchli parhez. Metabolizm jarayoni me’yorda ishlashi uchun inson tanasi har kuni ma’lum miqdorda kaloriya iste’mol qilishi kerak. Ochlik va murakkab parhezlar metabolizmni sekinlashtiradi.
To‘qimalar almashinuvi jarayoni. Foydali parhez tutish va ozish vaqtida tanadagi yog‘ to‘qimalari mushak to‘qimasiga aylana boshlaydi. Bu vaqtda ham tarozidagi og‘irlik ko‘rsatkichi o‘zgarmasligi mumkin.
Tarozi siz istagan vaznni ko‘rsatmasa nima qilish lozim?
Foto: Pinterest
- Metabolizmni tezlashtirish va organizmda zararli toksinlarni tezroq chiqarib tashlash uchun ko‘proq suv iching.
- Kunlik kaloriya miqdori oshib ketmasligi uchun oziq-ovqat kundaligi tuting.
- Kardiomashqlar — velosipedda uchish, suzish va yugurish kabilarni bajaring.
- Kundalik parhez va taomnomani qayta ko‘rib chiqing.
Kembrij universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bizning ortiqcha vaznga moyilligimiz ko‘p jihatdan ota-onamizdan meros bo‘lgan genlarga ham bog‘liq. Ota-onada ortiqcha vazn kuzatilsa, katta ehtimol bilan farzandlar ham semizlikka moyil bo‘ladi.
Diyetolog mutaxassislar fikricha, har kuni vaznni o‘lchash va qisqa muddatda natija ko‘rishni istash motivatsiyaning so‘nishiga olib keladi. Kutilgan natijani ko‘rmaslik insonda ozishga bo‘lgan harakatni to‘xtatib qo‘yadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi