17:17 / 25.06.2024
245

Ayollarga 45 yoshdan keyin qorinni yo‘qotishga yordam beradigan 12 ta tabiiy mahsulot

Ayollarga 45 yoshdan keyin qorinni yo‘qotishga yordam beradigan 12 ta tabiiy mahsulot
Foto: Marie Claire
Ayollar umri davomida turli gormonal o‘zgarishlarni boshidan kechiradi va ularning tana vazni ham o‘zgarib turadi. Ayniqsa, menopauza boshlangandan so‘ng, taxminan, 45 yoshdan keyin sodir bo‘ladigan tanadagi o‘zgarishlar qorin qismida ko‘proq ortiqcha kilogramm to‘planishiga olib keladi.

Keksalikka qadam qo‘yayotgan ayollar odatda yoshlik davriga nisbatan kamharakat bo‘ladi. Shuning uchun sport orqali vazn yo‘qotish bu yoshga yetib murakkablasha boshlaydi. Qorin sohasidagi ortiqcha vaznni yo‘qotish uchun diyetologlar kundalik ovqatlanish tartibini sozlashni va ayrim mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilishni tavsiya etadilar.

Menopauza belgilari:
- issiqlikning quyilib kelishi, birdan isib ketish;
- tartibsiz hayz davri;
- atrofik vaginit;
- o‘zgaruvchan kayfiyat;
- kognitiv o‘zgarishlar;
- tanadagi turli og‘riqlar;
- uyqu buzilishi;
- teri quruqlashishi;
- jinsiy disfunksiya;
- sochlarning siyraklashishi;
- doimiy charchoq hissi;
- yuzda tuklar paydo bo‘lishi.

Foto: Marie Claire
Menopauza davrida estrogen darajasi kamaya boshlaydi va qorin bo‘shlig‘ida visseral yog‘ning to‘planishiga olib keladi. Visseral yog‘lar ichki organlar atrofidagi tabiiy yog‘ to‘qimalaridir. Ular bir necha sabablarga ko‘ra, jumladan, klimaks tufayli ortib ketadi. Ammo fitoestrogenlarga boy parhez vaziyatni yaxshilashi mumkin. Tanangizda avvalgi qulaylik hissini tiklash uchun, birinchi navbatda, quyidagi mahsulotlarni taomnomaga kiritish lozim:

- ismaloq;
- no‘xat;
- loviya;
- yashil sabzavotlar;
- yong‘oqlar;
- lakritsa ildizi;
- qahva;
- qulmoq (xmel);
- qizilmiya ildizi;
- karam;
- soya.

Foto: Marie Claire
Ratsionga fitoestrogenlarga boy mahsulotlarni kiritish uchun uglevodlarni iste’mol qilishni kamaytirish kerak. Buning uchun avvalo shakar va shirinliklarga bo‘lgan qaramlikdan xalos bo‘lish lozim. Bundan tashqari, parhezda yetarli miqdorda o‘simlik tolalari bo‘lishiga ishonch hosil qiling va organizmdagi estrogen, progesteron va boshqa gormonlar darajasini tekshirish uchun tibbiy muassasalarga murojaat qiling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayollarga 45 yoshdan keyin qorinni yo‘qotishga yordam beradigan 12 ta tabiiy mahsulot