Samsung kompaniyasi yaqinda yangi texnologik innovatsiyani namoyish etdi — “fikrlarni o‘quvchi” quloqchinlar. Ushbu qurilma foydalanuvchining miya faoliyatini tahlil qila oladi va 92,86% aniqlik bilan sizga qaysi videolar, musiqa va hatto taomlar yoqishini biladi. Bu texnologiya kundalik hayotda inson xohishlarini oldindan sezish imkoniyatini yaratadi.
Quloqchin foydalanuvchining quloq atrofidagi sensorlar orqali miya faoliyatini o‘qiydi. Shu tarzda, foydalanuvchi qachon zerikishi yoki uyqusi kelishini aniqlash mumkin. Bu esa, qurilmani yanada shaxsiylashtirilgan xizmatlar va tavsiyalar uchun ishlatishga imkon beradi.
Hozirda Samsung prototipni sinovdan o‘tkazmoqda. Mutaxassislar ushbu texnologiyaning kelajakda ko‘plab sohalarda, jumladan, media, o‘yin, musiqa va ovqatlanish tavsiyalari berishda inqilobiy o‘zgarishlar keltirishini taxmin qilmoqda. Shu bilan birga, shaxsiy ma’lumotlar va maxfiylik masalalari ham jiddiy muhokama qilinmoqda, chunki miya faoliyatini kuzatish texnologiyasi katta ehtiyotkorlikni talab qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!