69
Olti oy davomida un mahsulotlari iste’mol qilinmagan organizmda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Foto: iStock
Non, makaron, pechene, keks va shu kabi pishiriqlar tufayli ko‘plab insonlar ortiqcha vaznga ega. Ammo bunga asosiy sabab nafaqat un va uning yuqori kaloriyasida, balki un bilan birga tayyorlangan mahsulotlardadir. Chunki non mahsulotlari va undan tayyorlanadigan shirinliklar asosan yog‘, margarin, shakar kabi zararli tarkibga ega. Qolaversa, 100 gramm oq unda 342 kilokaloriya mavjud.
Quyida 6 oy vaqt ichida undan tayyorlangan pishiriqlar va nonlarni iste’mol qilmaslik qanday natijalarga olib kelishi haqida so‘z boradi.
Vazn kamayadi, energiya oshadi
Yarim yil davomida sog‘lom odam un mahsulotlarini cheklasa, 3 kg dan 10 kg gacha ortiqcha vazndan xalos bo‘ladi. Bunga sabab glyuten moddasidir. Glyuten bug‘doy, arpa va javdar kabilar tarkibida mavjud bo‘lgan oqsil turidir. Ichak mikroflorasi jiddiy shikastlanganda hamda ichak shilliq qavatining o‘tkazuvchanligi buzilganda glyuten moddasiga sezuvchanlik paydo bo‘lishi mumkin.
Ichaklar tarkibida glyuten bo‘lgan mahsulotlarni hazm qilishda qiynaladi. Bu glyutenga qarshi reaksiya ko‘rsatuvchi organizmlarda yuzaga keladi. Glyutenga sezuvchanlikni parhez orqali davolash mumkin bo‘lgan holatdir.
Foto: Adobe Stock
Un mahsulotlarini cheklash parhezi natijasida umumiy salomatlik yaxshilanadi, tanadagi shishlar kamayadi, tana ozadi va energiyaga to‘ladi. Jismoniy faollik esa bu jarayon yanada samarali bo‘lishiga yordam beradi.
Ammo restoranlar va do‘konlarda “glyutensiz taomlar”ni izlashda ehtiyot bo‘ling. Ko‘plab glyutensiz mahsulot namunalari me’yordan oshiq miqdorda shakar va tuzni o‘z ichiga olishi mumkin.
Teri va soch holati yaxshilanadi
Agar organizm glyutenga ta’sirchan bo‘lsa, bunday diyeta yuz terisi va sochlar holatini yaxshilaydi. Chunki go‘zallik va yoshlik ichak mikrobiomi bilan uzviy bog‘liqdir. Bunda foydali bakteriyalar soni ko‘payadi va umumiy salomatlik ham yaxshilanadi.
Spirtli va gazli ichimliklar, chipslar va tezpishar ovqatlar zararli bakteriyalarni “oziqlantiradi”. Shuning uchun glyutenni diyetadan chiqarish foydali bakteriyalar ko‘payishiga zamin yaratadi.
Glyutendan voz kechish uchun 4 ta sabab
Foto: Shutterstock
1-sabab — tana ortiqcha vazndan qutulishi osonlashadi, turli xildagi foydali mahsulotlarni ratsionga qo‘shish orqali organizm ozuqa moddalariga to‘yinadi;
2-sabab — tana jig‘ildon qaynashi, charchoq, qorin dam bo‘lishi, qabziyat kabilardan xalos bo‘ladi;
3-sabab — teri ko‘rinishi yaxshilanadi, sochlar mustahkamroq bo‘ladi;
4-sabab — tanadagi turli shishlar kamayadi.
Un mahsulotlari, Iste’mol qilinmagan, Organizm, O‘zgarishlar, Glyuten “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...