date

Flick toʻrt nafar Barselona futbolchisiga dam berdi

Flick toʻrt nafar Barselona futbolchisiga dam berdi
Barselonada futbolchilarning jarohat olish xavfini oldini olish uchun barcha choralar koʻrilmoqda. Bosh murabbiy Xans-Diter Flick futbolchilarni yuklama va individual xususiyatlariga qarab alohida mashgʻulot rejalarini ishlab chiqmoqda.

Jurnalist Ferran Martinesning xabariga koʻra, ushbu hafta Markus Reshford, Jyul Kunde, Frenki de Yong va Pau Kubarsi qoʻshimcha dam olish kuni olishdi. Ular soʻnggi vaqtlarda maydonda eng koʻp vaqt oʻtkazgan futbolchilar sifatida ajralib turishdi.

Oʻtgan yakshanba kuni Barselona "El-Klasiko"da Madridning Realiga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Bir hafta oʻtib, 2-noyabr kuni "koʻk-anorranglilar" oʻz maydonida Elchega qarshi bahs olib borishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Flick toʻrt nafar Barselona futbolchisiga dam berdi