Askorbin kislotasi haqida o‘ylaganimizda, apelsin yoki mandarin boshchiligidagi barcha sitrus mevalari darhol yodga tushadi, ammo mazkur vitamin boshqa tabiiy mahsulotlarda ham serob. C vitamini kuchli tabiiy antioksidant va immunostimulyator bo‘lib, organizmda to‘qimalarni saqlashga va yoshartirishga yordam beradi, immunitet tizimini mustahkamlaydi va temirning so‘rilishini rag‘batlantiradi. Shu sababli kuz faslida C vitaminiga boy oziq-ovqatlarni ratsioningizga kiritish muhimdir.
Foto: Noviy ochag
Yangi uzilgan na’matak
Foto: Noviy ochag
Sovuq mavsumda immunitet turg‘un ishlashiga yordam beradigan rezavor bu na’matak bo‘lib, u C vitaminining tabiiy manbai hisoblanadi. Undan tayyorlangan choy va damlamalar shamollashdan himoya qiladi, qon tomirlari va yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. 100 gramm na’matak mevasida bu vitamin 650 milligramm yoki organizm kunlik ehtiyojining 929 foizi miqdorida S vitamini mavjud. Bundan tashqari, na’matakda A, E, PP, B guruhi vitaminlari, kaliy, kalsiy, fosfor, magniy, temir, natriy, pektinlar, limon va olma kislotalari kabi boshqa foydali mikroelementlar mavjud.
Qorag‘at
Foto: Noviy ochag
Qorag‘at C vitaminiga boy rezavor, u virusli infeksiyalarga qarshi kurashishga yordam beradi. Tarkibidagi antioksidantlar hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi. Smorodina tarkibida arteriyalarning qotib qolishi, saraton yoki yurak kasalliklarini rivojlantirish xavfini kamaytiradigan qimmatbaho kislotalar mavjud.
Uning mevalari nafaqat C, A, B, E, PP vitaminlariga boy, balki efir moylari, kalsiy, temir, natriy, fosfor, kaliy, kremniy, pektin va taninlarni ham o‘z ichiga oladi.
Chakanda
Foto: Noviy ochag
Chakanda mevasi avgust-sentyabr oylarida pishib yetiladi, u mayda, tuxumsimon yoki dumaloq, novdalarga zich yopishgan, rangi och sariq rangli meva bo‘lib, qadimdan xalq tabobatida qo‘llanilgan. Uning tarkibida C vitamin mo‘l bo‘lib, u immunitet tizimini mustahkamlashga, hujayralarni qarishdan himoya qilishga va terining holatini yaxshilashga yordam beradi.
Yuz gramm chakanda mahsulotida 200 milligramm yoki insonning kunlik ehtiyojining 286 foizi miqdoridagi S vitamini mavjud. Bundan tashqari, ushbu rezavor tarkibida metabolizmni yaxshilaydigan A vitamini, E vitamini, K, PP va B guruhi vitaminlari mavjud bo‘lib, ular qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi hamda asab tizimining normal ishlashi uchun muhim bo‘lgan serotonin gormoni ishlab chiqarilishiga yordam beradi.
Bulg‘or qalampiri
Foto: Noviy ochag
Bulg‘or qalampirlarining barcha turi rezavorlardan kam bo‘lmagan miqdorda C vitaminini o‘zida saqlaydi. U tanamizni gemoglobin sintezi, qizil qon tanachalarini ishlab chiqarish va asab tizimi uchun zarur bo‘lgan B guruhi vitaminlari bilan ta’minlaydi. Bulg‘or qalampirining qizil navlari ko‘z salomatligiga foydali bo‘lgan karotenoidlar hamda likopen nomli kuchli antioksidantga boy.
Kivi
Foto: Noviy ochag
100 gramm kivida 180 milligramm yoki kunlik ehtiyojning 257 foizi miqdorida C vitamin mavjud. Ushbu nordon meva A, E, K vitaminlari, o‘simlik tolalari va mikroelementlar — sink, kalsiy, magniyni o‘z ochiga oladi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, kivi ko‘z va yurak salomatligini yaxshilash uchun foydalidir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi