14:29 / 13.10.2016
14 252

Kam uxlab, tiniqib uyg‘onishning oddiy bir usuli

Kam uxlab, tiniqib uyg‘onishning oddiy bir usuli

To‘yib uxlamaslik — zamonaviy insonning asosiy muammolaridan biri. Jadal hayot tarzi sabab kech uyquga yotib, erta uyg‘onamiz. Yoshlikda buning uddasidan qiyinchiliksiz chiqish mumkindir, biroq yosh o‘tgani sayin muntazam to‘yib uxlamaslik asab tizimidagi muammolarga sabab bo‘ladi. Ish haddan tashqari ko‘pligi sabab, 8 soat uxlashning hech imkoni bo‘lmasa, nima qilish kerak?

Boshidan boshlaymiz — uyqu sifati nimaga bog‘liq?

Vaqtning har bir soniyasida inson organizmida ma’lum bir jarayonlar yuz beradi va ular Quyosh harakati fazalari bilan bog‘liq. Bu tizim juda katta aniqlikda ishlaydi. Baxtga qarshi, Quyosh va vaqtning bu faoliyatini hech qanaqasiga o‘zgartira olmaymiz, chunki insonning kun tartibi qat’iy belgilangan.

Yarim tunda Quyosh o‘zining eng quyi nuqtasida bo‘ladi va bu vaqtda biz maksimal darajadagi hordiq holatida bo‘lishimiz zarur. Shu sababli ham 21:00 dan 3:00 gacha bo‘lgan vaqt — uyqu uchun eng yaxshisidir. Xohlasangiz, 22:00 dan 4:00 gacha, 20:00 dan 2:00 gacha ham uxlashingiz mumkin.

Erta uyquga yotishning kuchi nimada? Bosh va miya odatda 21:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan oraliqda faol dam oladi. Muntazam ravishda 23:00 dan keyin uxlashga yotadigan odamlarda intellektual faollik borgan sari susayib boradi, lekin bu darhol yuz bermaydi. Agar siz har kuni tungi soat 12:00 dan keyin uxlashga yotsangiz, qancha uxlab turganingizdan qat’iy nazar, charchoq, bosh aylanishi va doimiy boshog‘riqlar sizni bezovta qiladi.

22:00 dan keyin uxlashga yotish ham ruhiy, ham jismoniy salomatlik uchun zararlidir. Siz barcha ishlarni tongga qoldirib, vaqtliroq uxlashga yotishingiz darkor. Boshida oson bo‘lmaydi, biroq 20 kuncha shu tartibni saqlay olsangiz (tadqiqotlarga ko‘ra, kishidagi biror-bir odat aynan 20 kun ichida shakllanadi), tanangiz, shubhasiz, Sizdan minnatdor bo‘ladi!

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kam uxlab, tiniqib uyg‘onishning oddiy bir usuli