Foto: The Day
Bugungi kunda hayotimizni Wi-Fi routersiz tasavvur qilish qiyin. Uning yordamida millionlab insonlar masofadan ishlashi ta’minlanadi. Wi-Fi sifati va tezligi routerga, uning uyda joylashgan o‘rniga hamda xalal beruvchi omillarga bog‘liq. Uyda Wi-Fi orqali internet tarmog‘iga ulanishni istaganlar quyidagi jihatlarga e’tibor berishlari kerak bo‘ladi.
Ulanish sifatiga router va qabul qiluvchi qurilma orasidagi masofa, signal yo‘lidagi turli xalal beruvchi omillar ta’sir qiladi.
Har bir router belgilangan ma’lum kvadrat metr qamrov hududiga ega. Signal yo‘lida to‘siq va xalal beruvchi omillar qanchalik kam bo‘lsa, tezlik shunchalik baland va sifatli bo‘ladi. Shuning uchun routerni, avvalo, divanlar, stollar va boshqa buyumlardan balandroqda joylashtirish kerak. Odatda Wi-Fi qurilmasi uyga kiraverishda, eshik ustidagi tokchada joylashtiriladi.
Routerdan taraladigan signallar magnit chiziqli kartalar sust ishlashiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, bank kartalari yoki diskont kartalarini router yaqinida saqlash tavsiya etilmaydi, aks holda ular tez fursatda yaroqsiz holga keladi. Ammo chip o‘rnatilgan kartalarga Wi-Fi qurilma ta’sir o‘tkazmaydi.
Foto: The Day
Avtomobil signalizatsiya kaliti, Bluetooth eshitish garniturasi hamda domofon kaliti ham router ta’sirida vaqti-vaqti bilan yomon ishlay boshlashi mumkin. Bundan tashqari, mikroto‘lqinli pechdan tarqaladigan to‘lqin, ishlab turgan changyutgich va boshqa motorli mayda texnika ham Wi-Fi signalini kamaytirishi mumkin.
Routerni metall buyumlar bilan to‘sib qo‘yish mumkin emas, chunki metall elektromagnit maydon energiyasini yo‘qotadi. Ayniqsa, ko‘p xonali kvartiralarda beton va g‘ishtli devordan Wi-Fi to‘lqinlari yaxshi uzatilmaydi. Shu sababli uydagi Internet yaxshi ishlamasa, provayderni almashtirishga shoshilmaslik va yuqoridagi xatoliklarga yo‘l qo‘yilmaganini tekshirish lozim.
Foto: The Day
Shuningdek, Wi-Fi routerni yotoqxonaga qo‘yish tavsiya etilmaydi, chunki muntazam ravishda va uzoq vaqt davomida internet to‘lqinlari ta’siri ostida qolish oz bo‘lsa-da, nurlanish xavfini tug‘diradi.
Amerikalik olimlar tajriba o‘tkazganda bir nechta kalamushlarni yoqilgan router yonidagi qafasga qo‘yishgan, natijada kemiruvchilarning yetti foizida saraton o‘simtasi paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, hayvonlar juda asabiy va haddan ortiq faol bo‘lib qolgan.
Mutaxassislar Wi-Fi qurilmasini oyna ortidagi balkonga ko‘chirishni maslahat berishadi, shunda uning signali barcha oila a’zolariga yetib boradi va sog‘liq uchun xavfsiz bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Toshkent avtobuslarida naqd shaklda to‘lov qabul qilish to‘xtatiladi
Husanov endi bu "taxt"ni yaqin yillarda hech kimga bermasa kerak...
Olimlar umrni bir necha yilga qisqartirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar nomini aytdi