
Robert Levandovski kelasi yozda Angliyaning mashhur klublaridan birida to‘p surishi mumkin. Euro-football.ru ma'lumotiga ko‘ra, “Manchester Yunayted” tajribali hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishi ehtimoli bor.
Agar “Barselona” Levandovski bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatidan foydalanmasa, “Manchester Yunayted” uni erkin agent sifatida taklif qilishi mumkin. Klub bosh murabbiyi Ruben Amorim Levandovskini nafaqat hujumchi sifatida, balki tajribali futbolchi sifatida ham jamoaga foyda keltirishini kutmoqda.
U, ayniqsa, Benyamin Sheshkoning o‘sishida Levandovskining tajribasidan foydalanishni rejalashtirgan. Levandovskining yoshi hozirda 37 da.
Polshalik futbolchi joriy mavsumda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar