date

Ivan Yurich Atalanta 2 o‘yinda 15 imkoniyatni boy berganini aytdi

Ivan Yurich Atalanta 2 o‘yinda 15 imkoniyatni boy berganini aytdi
Atalanta bosh murabbiyi Ivan Yurich o‘z shogirdlarining imkoniyatlardan unumli foydalana olmaganidan norozi bo‘ldi. 22 oktyabr kuni kechqurun jamoa Chempionlar ligasi doirasida Praga Slaviya klubiga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Uchrashuv davomida italiyalik futbolchilar 52 ta hujum uyushtirib, 21 marta darvoza tomon zarba yo‘lladi.

Shunga qaramay, Lukman, Krstovich va Skamakka kabi hujumchilar ham hisobni ochishga muvaffaq bo‘lmadi. Ivan Yurich so‘nggi ikki o‘yinda jamoa 15 ta aniq gol urish uchun imkoniyat yaratganini ta’kidladi.

U bosh bilan zarba, qarshi hujum va oddiy zarbalar bo‘lganini aytdi. Yurich futbolchilar, muxlislar va klub uchun natijadan ranjiganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatayotgani bilan, so‘nggi bosqichda natija bo‘lmayapti. Ushbu durangdan so‘ng Atalanta 4 ochko bilan turnir jadvalida o‘n yettinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ivan Yurich Atalanta 2 o‘yinda 15 imkoniyatni boy berganini aytdi