25-oktyabr, shanba kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahri yana jahonning eng kuchli jangchilarini jamlaydi. “UFC 321” turniri nafaqat og‘ir vazn toifasidagi asosiy to‘qnashuv bilan, balki butun kard bo‘ylab kuchli raqiblar va qiziqarli juftliklar bilan boy kechishi kutilmoqda.
Tunning markaziy jangida og‘ir vazndagi amaldagi chempion Tom Aspinall o‘z kamarini fransiyalik raqibi Siril Ganga qarshi himoya qiladi. Bu to‘qnashuv jang san’ati muxlislari tomonidan juda katta qiziqish bilan kutilmoqda. Ikki jangchi ham texnik jihatdan yetuk hamda jangda turli uslublarni qo‘llash qobiliyatiga ega. Mutaxassislar bu kecha og‘ir vazn divizionidagi eng yuqori darajadagi to‘qnashuvlardan biri bo‘lishini ta’kidlashmoqda.
Shu bilan birga, asosiy karddagi yana bir e’tiborli jang — rossiyalik Umar Nurmagomedov va amerikalik Mario Bautista o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Umar uchun bu jang unga katta diviziondagi yo‘lini mustahkamlash imkonini beradi. Uning mahoratli parter uslubi va texnik ustunligiga qarshi Bautistaning tezkor zarba texnikasi qiziq kurashni ta’minlashi aniq.
Ayollar bahsida Braziliya va AQSH namoyandalari — Virna Jandiroba va Makkenzi Dern ringga chiqishadi. Bu jang ham g‘oyat shiddatli va dramatik bo‘lishi kutilmoqda, chunki har ikki sportchi o‘z divizionidagi kuchlilardan sanaladi.
Asosiy kardni Aleksandr Volkov va Jailton Almeyda o‘rtasidagi jang to‘ldiradi. Volkov uchun bu jang revansh ruhida o‘tadi, Almeyda esa o‘ziga xos parter texnikasi bilan tanilgan. Shuningdek, Aleksandr Rakich va Azamat Murzakanov to‘qnashuvi ham muxlislar uchun qoniqarli tamosha bo‘lishi shubhasiz.
Prelim qismida ham bir qator qiziqarli juftliklar bor. Jumladan, Ikram Aliskerov Chun Yon Pakka qarshi maydonga chiqadi. Shuningdek, Azat Maksum, Lyudovit Kleyn, Xamdi Abdelvaxab va boshqalarning ishtirokidagi janglar UFC muxlislarini jonli ehtiros bilan to‘ldiradi.
Turnir jadvali quyidagicha:
Asosiy kard:
- Tom Aspinall — Siril Gan
- Virna Jandiroba — Makkenzi Dern
- Aleksandr Volkov — Jailton Almeyda
- Umar Nurmagomedov — Mario Bautista
- Aleksandar Rakich — Azamat Murzakanov
Prelim:
- Ikram Aliskerov — Chun Yon Pak
- Lyudovit Kleyn — Mateush Rebetski
- Azat Maksum — Mitch Raposo
- Xamdi Abdelvaxab — Kris Barnett
- Abdul-Karim Al-Selvadi — Mateus Kamilo
- Nataniel Vud — Xose Delgado
- Jaklin Amorim — Midzuki Inoue
UFC 321 turniri jahonning barcha burchaklaridagi jang san’ati muxlislarini ekran qarshisiga jamlaydi. Bu kecha nafaqat jangchilar uchun, balki butun UFC tarixi uchun ham muhim voqeaga aylanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!